232
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga yordamchi xo‘jaliklar, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy-
madaniy soha ob’ektlari, oshxonalar va bufetlar, o‘quv kombinatlari hamda shunga o‘xshash
xo‘jaliklar, o‘z xodimlariga yoki boshqa shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga
oshiruvchi ishlab chiqarishlar va xizmatlar kiradi.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlariga uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik
mehmonxonalar bundan mustasno), boshqa joydan keluvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi
obodonlashtirish ob’ektlari, sun’iy inshootlar, suv havzalari, plyajlar uchun inshoot hamda jihozlar,
shuningdek aholini gaz, issiqlik va elektr bilan ta’minlash ob’ektlari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi,
ijtimoiy-madaniy soha, jismoniy tarbiya va sport ob’ektlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda
ta’mirlash uchun mo‘ljallangan uchastkalar, tsexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar
va mexanizmlar, omborxonalar kiradi.
Ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlariga sog‘liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari, bolalar
maktabgacha tarbiya ob’ektlari, bolalar dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam
olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport ob’ektlari (shu jumladan treklar, otchoparlar,
otxonalar, tennis kortlari, golf, badminton o‘yinlari uchun maydonchalar, sog‘lomlashtirish
markazlari), aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan
ob’ektlari (hammomlar, saunalar, kir yuvish, tikish hamda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa
ustaxonalar) kiradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar
tomonidan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan (olinadigan) mablag‘lar summasi va xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar summasi o‘rtasidagi ijobi farq sifatida
aniqlanadi.
Valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha
kursdagi ijobiy farq buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda
daromadlar tarkibiga kiritiladi:
chet el valyutasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tayotgan sanada shu chet el
valyutasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori bahoda
sotilganda;
chet el valyutasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tayotgan sanada shu chet el
valyutasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past bahoda sotib
olinganda;
chet el valyutasi kursidagi o‘zgarish munosabati bilan balansning valyutaga oid moddalari
tegishli hisobot davri uchun qayta baholanganda.
Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) chet el valyutasida baho belgilaydigan, o‘zaro hisob-
kitoblarni esa milliy valyutada amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)
realizatsiya qilingan sanadan ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘langan sanagacha
bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi o‘zgarish
munosabati bilan yuzaga keluvchi ijobiy farq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘langan
sanadagi daromadlar tarkibiga buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kiritiladi.