246
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi “Bozorni iste’mol
tovarlari Bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining
o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 390-sonli qaroriga muvofiq
quyidagilarni ishlab chiqaruvchi korxonalar:
3.
Iste’mol tovarlari, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishdan olingan daromaddan belgilangan
stavka 20 foizga kamaytiriladi.
4.
Bolalar tovarlari, ularni ishlab chiqarishdan olingan daromaddan-7% foyda solig‘i to‘lanadi.
5.
Korxona o‘zi ishlab chiqargan iste’mol tovarlari reklamasiga xarajatlari foyda solig‘ini
hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazadan to‘liq hajmda chiqarib tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan va
to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
1) dividendlar va foizlarga – 10 foiz;
2) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha
sug‘urta mukofotlariga – 10 foiz;
3) xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan
daromadlarga) – 6 foiz;
4) Royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan boshqaruv xizmati,
maslahatlar va boshqa daromadlar – 20%.