Yuridik shaxslar foydasiga soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash muddatlari




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

23.4. Yuridik shaxslar foydasiga soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash muddatlari. 
Kalendar yil soliq davridir. Yilning choragi hisobot davridir. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan 
va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi, agar ushbu moddada 
boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun 
bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati 
organiga O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), 
shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda 
taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida byudjetga 
to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar 
yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan 
kechiktirmasdan taqdim etilishi shart. 
Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini 
joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini 
aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq 
xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 15-kuniga 
qadar ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. 


247 
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz 
baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. 
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi 
lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq 
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish 
muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir 
marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi. 
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i belgilangan stavkalarni 
chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan daromad summasiga nisbatan qo‘llash orqali 
hisoblab chiqariladi. 
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘ini yuridik shaxslar 
quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart: 
dividendlar va foizlarni; 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun 
javobgarlik daromadni to‘lash manbai, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy 
muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad 
to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi. 
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentlariga dividendlar, foizlar va to‘lovlarni to‘lash sanasidan kechiktirmay byudjetga 
o‘tkazishi; 
2) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini davlat soliq xizmati 
organlariga to‘lov amalga oshirilgan hisobot davri tugagandan keyin yigirma besh kundan 
kechiktirmay taqdim etishi; 
3) davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning 
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va soliq 
davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining umumiy summasi 
ko‘rsatilgan ma’lumotnomani soliq davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida taqdim etishi; 
4) daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad summasi va soliq davri uchun 
ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 
va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda ma’lumotnoma 
taqdim etishi shart. 
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib 
tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami daromadiga qo‘shiladi. Soliq 
solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati 
bilan qilingan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar belgilangan tartibda va miqdorlarda 
chegiriladi. 


248 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘ining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi
ma’lumotnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‘ladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yuridik shaxslar foydasiga soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash muddatlari

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish