XXIV MAVZU. QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`I. AKSIZ SOLIG`I




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

XXIV MAVZU. QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`I. AKSIZ SOLIG`I 
24.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushunchasi va soliqni to‘lovchilar. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) ishlab chiqarish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotish va 
O‘zbekiston hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir 
qismini byudjetga ajratishni bildiradi. Ammo bu umumiy holdir. Amaliyotda bizda shunday hollar 
bo‘ladiki, QQS qo‘shilgan qiymatdan emas, balki butun qiymatdan (oborotdan) olinadi. Masalan, 
QQSni to‘lamaydigan bo‘lsalar: qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari yer solig‘i to‘lashga o‘tgan, 
savdo tashkilotlari, yagona soliq to‘lovchi kichik korxonalar. Bunday hollarda QQS oborot solig‘ining 
o‘zi bo‘lib qoladi. U respublika solig‘i bo‘lib, respublika byudjetiga tushadi. QQSda yuridik shaxslar bir 
vaqgning o‘zida—o‘zlari tovar (ishlar, xizmatlar) sotganda—soliq yig‘uvchi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
sotib olganda soliqni mahsulot yetkazuvchiga to‘lovchi va nihoyat byudjetga soliq to‘lovchi bo‘ladi. 
Mohiyati jihatidan QQS egri soliq bo‘lganligi uchun korxonaning moliyaviy yakuniga 
(foydasiga) nisbatan betaraf (neytral) bo‘ladi. Bu umumiy qoida. Ammo soliqqa tortish amaliyotida 
shunday hollar uchraydiki, QQS to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaning tannarxiga (foydasiga) ta’sir qiladi. 
Masalan, korxona o‘zi ishlab chiqargan tovarlari (ishlar. xizmatlar) bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod etilgan 
bo‘lsa, mahsulot yetkazuvchiga to‘lagan QQS summasi to‘liq ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi. 
Demak, QQS summasiga foyda kamayadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar quyidagilardir: 
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq 
solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan 
yuridik shaxslar;
3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy 
shaxslar bundan mustasno; 
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning 
ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar hisoblanmaydi: 
notijorat tashkilotlar, bundan tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilish oborotlari mustasno; 
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish 
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan 
kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik 
shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy 
asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XXIV MAVZU. QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`I. AKSIZ SOLIG`I

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish