24.5.Aktsiz solig‘ini to‘lovchilar soliqqa tortish ob’ekti va soliqni hisoblash tartibi. Aktsiz solig‘i to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aktsiz to‘lanadigan
tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to‘lanadigan tovarlarni import
qiluvchilar;
oddiy shirkat aktsiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat
shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aktsiz to‘lanadigan tovarlar ishlab
chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan
aktsiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.
Quyidagi operatsiyalar aktsiz solig‘i solinadigan ob’ektdir: 1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
tovarni sotish (jo‘natish);
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aktsiz
to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik
shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
aktsiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga
(ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish;
2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki
pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi
sifatida topshirish;
3) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik
shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi,
tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek oddiy shirkat shartnomasi
doirasida ishlab chiqarilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga
(ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib
berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish;
4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek
ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va
materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi
tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish;
5) ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari
uchun topshirish;
6) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import
qilish.
Quyidagilarga aktsiz solig‘i solinmaydi:
1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga
realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti
bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab
chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
3) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam
ko‘rsatish uchun, insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida, shuningdek xayriya
265
maqsadlari uchun aktsiz to‘lanadigan tovarlarni davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishga;
4) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz
solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import
qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni
jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
5)
vakolatli
davlat
organining
yozma
tasdig‘i
mavjud
bo‘lgan
taqdirda,
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini
sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi
texnik vositalarini import qilishga.
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar oluvchiga jo‘natilgan (topshirilgan) kun, aktsiz to‘lanadigan
tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirilgan
taqdirda, garov narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tgan sana garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya
qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Import qilinayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan
sana ularga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadir.
Aktsiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aktsiz to‘lanadigan
tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi
asosida aniqlanadi.
Aktsiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aktsiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha realizatsiya qilingan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning aktsiz solig‘i
hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga
(ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha,
shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq to‘lovchi
tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo‘lmagan darajada belgilaydigan narx
asosida hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aktsiz to‘lanadigan
tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar
qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o‘z ichiga oladi.
Aktsiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aktsiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi.
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to‘lovchida tuzatish kiritiladi:
tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
bitim shartlari o‘zgartirilganda;
baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.
Soliq solinadigan bazaga bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar
bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish yangi hisobvaraq-faktura yoki tasdiqlovchi boshqa
hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
eksport qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt;
tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi
qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona
organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan
tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
266
Aktsiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan
tasdiqlanadi.
Aktsiz solig‘i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada
ifodalangan o‘lchov birligiga mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi.
Aktsiz solig‘ini hisoblash quyidagi formula orqali aniqlanadi.