|
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli Pdf ko'rish
|
bet | 285/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq BuxgalteriyaO‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli
imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan
belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to‘lovchilar uchun soliq
solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan
soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan
belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq
solinadigan baza har bir ob’ekt bo‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
25.2. Mol-mulk bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
STAVKALARI
T/
R
To‘lovchilar
Soliq stavkasi, soliq
solinadigan bazaga
nisbatan %da
1.
Yuridik shaxslar
3,5
2.
O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi
quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar
uchun, bundan ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son
Farmoni bilan tasdiqlangan xom ashyo tovarlari mustasno*:
2.
sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha
belgilangan stavka 30%ga
pasaytiriladi
sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori
belgilangan stavka 50%ga
pasaytiriladi
Izoh:
Me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar
miqdorida to‘lanadi.
*) Belgilangan (me’yoriy) muddatlarda ishga tushirilmagan, tugallanmagan qurilish va
uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilmaydi.
|
| |