Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
 
 
 
 
XXV.YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG`I VA YER SOLIG`I 
25.1. Mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar va soliqqa tortish ob’ekti. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik 
shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari; 
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z mulkida ko‘chmas mulkka ega 
bo‘lgan yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko‘chmas mulk 
mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida 
va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, shu shaxs soliq to‘lovchidir. O‘zbekiston Respublikasi 


268 
norezidentining faoliyati O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan 
faoliyat deb e’tirof etiladi. 
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmaydi: 
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan 
taqdirda, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilardir; 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. 
Quyidagi mol-mulk soliq solish ob’ektidir: 
1) asosiy vositalar, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy 
vositalar; 
2) nomoddiy aktivlar; 
3) tugallanmagan qurilish ob’ektlari. Tugallanmagan qurilish ob’ektlari jumlasiga qurilishi shu 
ob’ekt qurilishiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda nihoyasiga 
yetkazilmagan ob’ektlar kiradi; 
4) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Belgilangan muddatda ishga 
tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan hamda rekonstruktsiya va 
(yoki) modernizatsiya qilinayotgan ob’ektlarda loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatlarga 
muvofiq kapital quyilmalar hisobiga ishga tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi. Loyiha-smeta 
hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga tushirish muddatlari bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi sifatida 
ish ko‘rayotgan yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish ob’ektini 
belgilash uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj qilishga topshirilgan 
paytdan e’tiboran bir yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun quyidagilar soliq solish ob’ektidir: 
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq qaysi asosiy vositalar bo‘yicha hisob 
yuritayotgan bo‘lsa, o‘sha asosiy vositalar; 
ushbu doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, mazkur norezidentlarga mulk 
xuquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk. 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmaydigan 
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, 
ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk soliq solish ob’ektidir. Ko‘chmas mulkka 
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining norezidenti 
tomonidan mulk qilib olingan (realizatsiya qilingan) ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni ushbu ob’ektlar joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga ro‘yxatdan 
o‘tkazilganidan keyin o‘n kun ichida ma’lum qilishi shart. 
Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan yer uchastkalari va (yoki) nomoddiy aktivlar 
tarkibida hisobga olinadigan ulardan foydalanish huquqi soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi. 
Soliq solinadigan baza quyidagilardir: 
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning 
o‘rtacha yillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati ushbu mol-
mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan 
usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi farq sifatida 
aniqlanadi; 
normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlari va ishga tushirilmagan 
asbob-uskunalar bo‘yicha – tugallanmagan qurilishning va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarning 
o‘rtacha yillik qiymati.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan ushbu 
mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) hisobot 
davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini 


269 
(o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib 
boruvchi yakun bilan aniqlanadi. 
Korxona mulklarining o‘rtacha qiymati yil boshi va oxiridagi qiymatlarning yarim va yil ichida 
har bir oyning boshida bo‘lgan qiymatlarni qo‘shib, 12 bo‘lishi bilan aniqlanadi. 
O‘rtacha yillik qiymat 

1 yanv. 
+ 1 fev. + 1 mart ... + 
1 yanvar 


12 
shakli bilan aniqlanadi. 
Agar korxona mulki oyning birinchi yarmida ishga tushirilsa, o‘rtacha yillik mulk qiymati 
belgalanayotganda to‘liq oy deb qabul qilinadi, agar mulk oyning ikkinchi yarmida ishga 
tushirilsa, uning qiymati keyingi oyning boshida bo‘lgan mulklarning qiymatiga qo‘shilib, o‘rtacha 
yillik qiymat aniqlanadi. 
0100 – Asosiy vositalar 
0300 - Uzoq muddatli ijara"ga berilgan mulklar (lizing). 
0400 – Nomoddiy aktivlar. 
0700 – O‘rnatilmagan, foydalanilmagan aktivlar. 
Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, mol-mulk solig‘i to‘lovchilari 
bo‘lib hisoblanadi. 
Demak, jismoniy shaxslar mol-mulki soliq ob’ekgi bo‘ladi. Soliqqa tortiladigan ob’ekt bo‘lib, 
Jismoniy shaxslarning uy-joylari, kvartiralar, chorbog‘ va bog‘ uylar, garajlar va boshqa imoratlar, 
binolar va inshootlar qiymati (inventar qiymati). 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha soliq 
solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan 
qiymat asosida aniqlanadi. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar bir oydan kam muddatga ijaraga 
berilgan mol-mulk bo‘yicha soliq solinadigan bazani bu mol-mulkning mazkur oyning oxirgi 
kunidagi holatga ko‘ra hisoblab chiqilgan qoldiq qiymatini o‘n ikkiga va shu oydagi kalendar kunlar 
soniga bo‘lishdan olingan, mazkur mol-mulk ijarada turgan kunlar soniga ko‘paytirilgan bo‘linma 
sifatida aniqlaydilar. Binoning bir qismi ijaraga berilgan taqdirda, soliq solinadigan baza umumiy 
maydoni bir kvadrat metrining qoldiq qiymatini ijaraga berilgan maydonning o‘lchamiga ko‘paytirish 
orqali aniqlanadi. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchi tomonidan yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga 
oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk 
hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati 
bo‘lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilgan sof tushumning 
solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el 
fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir. 
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk 
qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir. 


270 

Download 4,92 Mb.
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish