267
ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida
to‘langan aktsiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi.
Aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo)
bo‘yicha aktsiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan
aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aktsiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aktsiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri
keladigan aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aktsiz
solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan
amalga oshiriladi.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aktsiz to‘lanadigan
tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va
materiallarning mulkdori aktsiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi.
Soliq davri quyidagilardir:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun – yil choragi;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – bir oy.
Aktsiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati
organlariga:
aktsiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har
choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har
oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Aktsiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun;
joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun;
kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i tovarlarning bojxona
rasmiylashtiruviga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida import qiluvchi tomonidan to‘lanadi.
Aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan
tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i aktsiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona
hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi shart.