256
g) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari ulushining
qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovini;
d) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha
uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;
e) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar,
assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
j) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda
qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;
z) hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilar taqdim etgan
zayomlardan olinadigan daromadlar;
i) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan
daromadlar, shu jumladan sug‘urta rezervlari va sug‘urta fondlari mablag‘larini investitsiyalashdan
olinadigan daromadlar;
k) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha
franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar;
l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf
oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya
qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha
sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
n) bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan
ozod qilinadi:
a) sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);
b) preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;
v) sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan
mablag‘lar;
g) sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.