Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq imtiyozlari




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
24.3. Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq imtiyozlari. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod etiladi: 
1) davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa vakolatli 
tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan, davlat boji va yig‘imlar undiriladigan xizmatlar (harakatlar); 
2) maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar;
3) bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
4) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari, diniy ashyolarni realizatsiya 
qilish, diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o‘tkazishga doir xizmatlari; 
5) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar, shuningdek 
nogironlarga ko‘rsatilayotgan ortopedik protezlash xizmatlari, protez-ortopediya buyumlari va 
nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanishga doir ishlar 
bo‘yicha xizmatlar; 
6) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mazkur muassasalar 
tomonidan realizatsiya qilinadigan mahsulotlari; 
7) pochta markalari (kollektsiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar, konvertlar;
8) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to‘lash bo‘yicha xizmatlari;
9) byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari. 
Ushbu imtiyozni olish uchun tegishli moliya organining byudjetdan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi 
xulosasi asosdir; 


253 
10) shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli 
taksidan tashqari), shuningdek temir yo‘l va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida 
(taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda 
yo‘lovchilar tashish xizmatlari. Shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari jumlasiga 
yo‘lovchilar tashish bo‘yicha avtomobil va elektr transporti bilan shahar doirasida muayyan 
yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov jadvaliga binoan ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi. Ushbu bandning 
qoidalari umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchilar tashish transporti yoki temir yo‘l va avtomobil 
transportida xodimlarni ishdan va (yoki) ishga tashish bo‘yicha xizmatlarga, yuridik va jismoniy 
shaxslar buyurtmalari asosida shahar atrofida tadbirlar o‘tkazish uchun tashish bo‘yicha xizmatlarga 
nisbatan ham tatbiq etiladi;
11) oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta’lim berishning haq evaziga 
o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar;
12) vakolatli davlat organiga saqlab turish uchun topshirilgan qimmatbaho metallar; 
13) tibbiy (veterinariya) xizmatlari, kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno, shuningdek 
dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar. Ushbu bandning qoidalarini 
qo‘llash maqsadlarida:
tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmati ko‘rsatish, 
diagnostika, profilaktika va davolash xizmatlari, gomeopatik, stomatologik xizmatlar, tish protezlari 
tayyorlash bo‘limlari va kabinetlari, narkologiya ambulatoriyalari, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazish komissiyalari, dezinfektsiya stantsiyalari, sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash 
yo‘nalishidagi laboratoriyalar hamda bo‘linmalar, boshqa tibbiy hamda tibbiy-sanitariya 
yo‘nalishidagi muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar kiradi; 
veterinariya xizmatlari jumlasiga hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va 
boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog‘laridagi, tajribaxonalardagi va boshqa shu 
kabilardagi jonivorlarni) kasalliklardan muhofaza qilish va ularni davolash, ishlab chiqarish va 
aholining yaxshi sifatli chorvachilik mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, odamlarning 
hayvonlarga va insonga xos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek atrof muhitni 
muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etish tadbirlari kiradi;
14) chet el havo kemalariga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bevosita O‘zbekiston 
Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida amalga oshiriladigan 
xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmati; 
15) sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari va bolalar dam olish 
oromgohlarining xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining tegishli hujjatlar 
bilan rasmiylashtirilgan xizmatlari. Ushbu bandni qo‘llash maqsadida: 
sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari, shuningdek bolalar dam olish 
oromgohlarining xizmatlari jumlasiga yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun berilgan hujjat bilan 
rasmiylashtirilgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari, bolalar oromgohlarining 
xizmatlari kiradi. Sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish tashkilotlari dam oluvchilarga ko‘rsatadigan 
yo‘llanmaning (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatning) qiymatiga kirmaydigan xizmatlarga 
ham qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydi;
turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar 
ko‘rsatish uchun yo‘llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya 
xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida 
belgilangan transportda xizmat ko‘rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, 
ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat 
bo‘ladi; 
jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari jumlasiga sport inshootlarida sport 
musobaqalari, bayramlari, sport-tomosha tadbirlari, sport inshootlarida o‘tkaziladigan kalendar va 
match uchrashuvlari, sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlari hamda komandalarida, sog‘lomlashtirish, 


254 
umumjismoniy tayyorgarlik, sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi, chiniqish, suzish, sog‘lomlashtirish 
maqsadidagi yugurish va yurish, atletika, ritmika va davolash gimnastikasi maktablari hamda 
klublarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha, sport inshootlariga 
qatnovchilarga biletlarning (abonementlarning) qiymatida nazarda tutilgan sport-texnika asbob-
uskunalarini, trenajyorlarni, inventarlarni, sport ust-boshlarini berib turish bo‘yicha xizmatlar hamda 
boshqa xizmatlar kiradi;
16) davlat mulkini xususiylashtirish tartibida realizatsiya qilinayotgan mol-mulk; 
17) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari; 
18) geologiya va topografiya ishlari; 
19) bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizatsiya 
qilish bilan bog‘liq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari). Ushbu bandni qo‘llash 
maqsadida:
bosma mahsulotlar jumlasiga kitoblar, gazetalar, jurnallar, ma’lumotnomalar, risolalar, 
albomlar, plakatlar, bukletlar, otkritkalar, daftarlar, rasm va chizmachilik albomlari, blankalar hamda 
boshqa bosma mahsulotlar kiradi;
tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari) jumlasiga maket tayyorlash, kompyuter 
grafikasi, sahifalash, original maketlar tayyorlash, muqovalash, adadlarni tayyorlash, reklama 
murojaatlarini qabul qilib olish, rasmiylashtirish va nashrlarda joylashtirish, rang berish, yuridik va 
jismoniy shaxslarni axborot bilan ta’minlash, axborot to‘plash hamda uni qayta ishlash, matnlarni 
tarjima qilish ishlari, magnit va qog‘oz nusxalarda pochta aloqasi hamda Internet orqali realizatsiya 
qilish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi tahririy, matbaa va noshirlik 
ishlari kiradi. Alohida va uzil-kesil ishlar (xizmatlar) tarzida amalga oshiriladigan, matbaa mahsuloti 
ishlab chiqarish hamda uni realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan tahririy, matbaa va 
noshirlik ishlariga (xizmatlariga) qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi; 
20) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar 
va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot 
va xizmatlar; 
21) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, yuklash, 
tushirish, qayta yuklash, ekspeditsiya qilishga doir xizmatlar, ishlar; 
22) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston 
chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini 
nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar), bundan vositachilik, savdo, tayyorlov, ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshirish 
bo‘yicha realizatsiya qilish oborotlari mustasno;
23) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el 
hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) yuridik shaxslar oladigan, 
shuningdek grantlar hisobiga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
24) uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy 
fondini saqlash va ta’mirlash yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmatlar jumlasiga sanitariya tozalash, 
lift xo‘jaliklari, umumiy foydalanishdagi antennalarni o‘rnatish hamda ularni tasarruf etish bo‘yicha 
xo‘jaliklar, yer resurslari va davlat kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va ta’mirlash 
boshqarmalari hamda bo‘limlarining bevosita aholi tomonidan haq to‘lanadigan xizmatlari, shu 
jumladan ushbu xizmatlarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari orqali haq to‘lash kiradi;
25) aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash; 
26) vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza bo‘linmalari o‘tkazadigan ekologik 
ekspertiza xizmatlari; 
27) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari; 
28) o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti; 
29) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlov bo‘linmalari xizmatlari;
30) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali sifatida beriladigan asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish ob’ektlari;


255 
31) byudjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika 
ishlari; 
32) davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralari, ular yangilanayotganda; 
33) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnika 
vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir 
xizmatlar; 
34) investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida 
tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida topshirilayotgan mol-mulk; 
35) kitob mahsulotlari, maktab o‘quv qurollari va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning, dori 
vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji savdosi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq imtiyozlari

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish