Soliq solish ob’ekti quyidagilardir




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

Soliq solish ob’ekti quyidagilardir
soliq solinadigan oborot; 
soliq solinadigan import. 


249 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb quyidagilar e’tirof 
etiladi: 
1) mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, 
shu jumladan:
tovarni va boshqa mol-mulkni jo‘natish (sotish); 
ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilgan hissa; 
mol-mulkni bepul berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish), shu jumladan yuridik shaxs 
xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxs faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlari 
uchun mol-mulkni bepul berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish); 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) 
almashtirish uchun mol-mulkni berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish); 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimga ish haqi hisobiga yoki muassisga 
(ishtirokchiga) dividendlar to‘lash hisobiga mol-mulk berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish);
garov bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yuvchi tomonidan 
garov narsasini berish; 
zayom shartnomalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni berish; 
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga, 
agar tarkibiy bo‘linmalar mustaqil soliq to‘lovchilar bo‘lsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish, 
xizmatlar ko‘rsatish;
3) mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish; 
4) to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tovarni jo‘natish; 
5) mol-mulkni operativ ijaraga berish; 
6) intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish yoki ulardan foydalanish huquqini 
berish. 
Quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti bo‘lmaydi: 
1) soliq to‘lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o‘z ehtiyojlari uchun tovar 
berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab 
chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar bundan mustasno; 
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga 
ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun, agar tarkibiy bo‘linmalar mustaqil soliq 
to‘lovchilar bo‘lmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi;
3) soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchi bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj 
ishlarini bajarishi;
4) garov qiymatiga ega bo‘lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan shisha idishni 
jo‘natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo‘natilgan, qiymati ushbu mahsulot qiymatiga 
kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda) 
belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan 
taradir. Agar tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan 
oborotga kiritiladi; 
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqqanda 
(chiqib ketganda), shu jumladan tugatilganlik (bankrotlik) yoki qayta tashkil etilganlik 
munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish, 
shuningdek oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma 
bo‘yicha sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida bo‘lgan ulushi qaytarilayotganda yoki bunday 
mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
6) tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va ob’ektlarini bepul 
asosda berish; 
7) banklarning mol-mulkni o‘z filiallariga berishi; 
8) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) ulushi sifatida tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni), boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni berish; 
9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish; 


250 
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan ishonchli 
boshqaruvchiga berish; 
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga berish; 
12) ob’ekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara (lizing) to‘lovining 
bir qismi tarzida qoplash. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir.
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti uchun 
bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar mazkur ishlarni, xizmatlarni oluvchining soliq 
solinadigan oborotiga tartibda kiritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan 
importdir. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish 
joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. 
Quyidagi shartlar yoxud ulardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi 
hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi: 
tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa va bitim natijasida O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo‘lsa (yuklab jo‘natilmaydigan va 
tashilmaydigan bo‘lsa); 
jo‘natish yoki tashish boshlangan paytda tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan 
bo‘lsa. 
Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish 
joyi deb e’tirof etiladi, agar: 
1) ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq 
bo‘lsa. Bunday ishlar, xizmatlar jumlasiga, xususan, qurilish, montaj, qurilish-montaj, ishga 
tushirish-sozlash, ta’mirlash, restavratsiya qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek ko‘chmas 
mulkni ijaraga berish kiradi;
2) ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ko‘char mulk (transport 
vositalari bundan mustasno) bilan bog‘liq bo‘lsa; 
3) xizmatlar haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat, san’at, ta’lim, 
jismoniy tarbiya va sport sohasida ko‘rsatilayotgan bo‘lsa; 
4) ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida 
amalga oshirayotgan bo‘lsa. Ishlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi asosida, bunday asos bo‘lmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida 
ko‘rsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer, 
agar ishlar (xizmatlar) muayyan doimiy muassasa orqali bajarilgan (ko‘rsatilgan) bo‘lsa, ushbu 
doimiy muassasa joylashgan yer asosida O‘zbekiston Respublikasining hududida haqiqatda hozir 
bo‘lib turgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining hududi sotib oluvchining faoliyati amalga 
oshiriladigan joy hisoblanadi. Ushbu bandning qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquq o‘tkazilgan yoki ulardan foydalanish huquqi 
berilganda; 
maslahat berish, auditorlik, yuridik (advokatlik), buxgalterlik, reklama, injiniring xizmatlari, 
shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari ko‘rsatilganda. Injiniring xizmatlari jumlasiga 
mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayoniga tayyorgarlik, 
sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa ob’ektlar qurilishi hamda ulardan foydalanilishga tayyorgarlik 
bo‘yicha muhandislik-maslahat berish yo‘sinidagi xizmatlar, loyihalash oldi va loyihalash xizmatlari 
(texnik-iqtisodiy asoslarni, loyiha-konstruktorlik yechimlarini tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash 
xizmatlar) kiradi. Axborotga ishlov berish xizmatlari jumlasiga axborot massivlarini to‘plash va 
umumlashtirish, tizimlashtirish hamda bu axborotga ishlov berish natijalarini foydalanuvchilar 
tasarrufiga taqdim etish xizmatlari kiradi; 
xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan joyda 
ishlayotgan bo‘lsa; 


251 
ko‘char mulk ijaraga berilganda, transport vositalari bundan mustasno; 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olish bo‘yicha vositachi (ishonchli shaxs), shuningdek ushbu 
qismda nazarda tutilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnomaning (kontraktning) asosiy 
ishtirokchisi nomidan jalb etuvchi shaxs xizmatlari ko‘rsatilganda; 
chet ellik aloqa operatorlari tomonidan aloqa xizmatlari ko‘rsatilganda; 
5) tadbirkorlik yoki har qanday boshqa faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga 
oshirilsa. Ishlarni bajarayotgan, xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi asosida, bunday asos bo‘lmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida 
ko‘rsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer, 
agar ishlar (xizmatlar) bu doimiy muassasa orqali bajarilgan bo‘lsa, mazkur doimiy muassasa 
joylashgan yer asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir bo‘lib turgan bo‘lsa, 
O‘zbekiston Respublikasining hududi ushbu faoliyat amalga oshiriladigan joy hisoblanadi. 
Agar ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish boshqa asosiy ishlarni, xizmatlarni realizatsiya 
qilishga nisbatan yordamchi xususiyatga ega bo‘lsa, asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy 
yordamchi realizatsiya qilish joyi sifatida e’tirof etiladi. 
Tovarlar jo‘natilgan (berilgan) kun, tovarlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan 
sanadir.
Agar tovarlarni jo‘natish amalga oshirilmasa, tovarga bo‘lgan mulk huquqi oluvchiga 
o‘tkazilgan kun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk (tovar) garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirilganda garov 
narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tkazilgan sana garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti 
amalga oshirilgan sanadir. 
Yuridik shaxsning xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar 
bajarilganda, xizmatlar ko‘rsatilganda tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan hamda 
hisobvaraq-faktura va (yoki) ishlar bajarilgani, xizmatlar ko‘rsatilgani faktini tasdiqlovchi boshqa 
hujjatlar rasmiylashtirilgan kun oborot amalga oshirilgan sanadir.
Tara shartnomada nazarda tutilgan muddatda qaytarilmasa, bu tarani qaytarish uchun 
belgilangan sana qaytarilishi lozim bo‘lgan taraning realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan 
sanadir.
Ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana quyidagi shartlardan 
biri bajarilganda boshlanadi: 
hisobvaraq-faktura yozib berilganda; 
ishlar 
bajarilganligi, 
xizmatlar 
ko‘rsatilganligi 
faktini 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
rasmiylashtirilganda. Ushbu qism qoidalari boshlanishi bir hisobot davriga, tamomlanishi esa boshqa 
hisobot davriga to‘g‘ri keladigan ishlarga, xizmatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
Ishlar, xizmatlar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan taqdirda, hisobvaraq-faktura 
yozilgan sana ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir. 
Shartnomaning (kontraktning) amal qilishi davrida ishlarni, xizmatlarni oluvchi ularning 
natijalaridan o‘z ishlab chiqarish faoliyatida doimiy asosda foydalanishi mumkin bo‘lgan taqdirda, 
doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilish ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini anglatadi.
Ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi norezidentidan olingan taqdirda, ishlar, xizmatlar 
olinganligi to‘g‘risidagi hujjat rasmiylashtirilgan sana oborot amalga oshirilgan sanadir. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish