Boshqa xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1) soliq to‘lovchining faoliyatini amalga oshirish uchun chet yuridik yoki jismoniy shaxslar
bajargan ishlar va xizmatlar qiymati, bularga quyidagilar kiradi:
mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, ishlar bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish, xom ashyoga (materiallarga) ishlov berish, belgilangan texnologik jarayonlarga
rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy vositalarga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa shu kabi
ishlar;
chet yuridik va jismoniy shaxslarning transport xizmatlari;
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish uchun yoki soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq
boshqa vazifalarni bajarish uchun chet yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni (texnik personalni)
taqdim etishga doir xizmatlar uchun xarajatlari;
2) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik
va qarov, o‘rtacha, joriy hamda butkul ta’mirlash xarajatlari). Asosiy vositalarni kapital ta’mirlashni
amalga oshirish xarajatlarining bir maromda kiritib borilishini ta’minlash uchun soliq to‘lovchi asosiy
vositalarning kelgusi ta’mirlanishi uchun belgilangan tartibda zaxiralar tashkil etishga haqli;
3) ijara to‘lovlari, shuningdek ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlab turish bilan bog‘liq
xarajatlar;
4) konservatsiyaga qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari
(boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
5) mahsulotni sertifikatlashtirish, litsenziyalarga va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarga haq
to‘lash xarajatlari, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ekspertizadan o‘tkazish bilan
bog‘liq xarajatlar;
6) mahsulotni sotish bozorlarini o‘rganish xarajatlari;
7) inventarni, xo‘jalik anjomlarini va maxsus ish kiyimlarini yuvish, tuzatish hamda
dezinfektsiya qilish xarajatlari summasi yoki ularga to‘langan haq;
8) qat’iy hisobotdagi blanklarni, kvitantsiyalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash xarajatlari
summasi yoki ularni olish uchun to‘langan haq;
9) tushumni inkassatsiya qilish xarajatlari;
10) reklama uchun xarajatlar;
11) qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘ini kiritgan holda mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilish tushumi hajmining bir foizi doirasida vakillik xarajatlari. Vakillik xarajatlariga
soliq to‘lovchining o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek soliq to‘lovchining
boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat
ko‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy
qabulini o‘tkazish, ularni transport bilan ta’minlash, muzokaralar vaqtida bufet (furshet) xizmati
ko‘rsatish xarajatlari, ziyofatlar va bo‘sh vaqtni tashkil etish, soliq to‘lovchining shtatida
turmagan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir;
12) kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli ta’mirlash va ularga
kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
13) telekommunikatsiyalar va pochta xizmatlari uchun to‘lanadigan haq;
14) xizmat safarlari uchun xarajatlar:
a) tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib kelish uchun
haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo‘yish haqi. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan
taqdirda, xarajatlar temir yo‘l transportidagi (yoki agar temir yo‘l aloqasi bo‘lmasa, shaharlararo
avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda chegirib tashlanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi doirasida tasdiqlovchi hujjatlar asosida joyni ijaraga olish uchun
haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo‘yish xarajatlari. Yashaganlikni
240
tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa, mazkur xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida
chegirib tashlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqilganda joyni ijaraga olish
uchun qilingan xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida chegiriladi;
v) xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida
to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
g) qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa xarajatlar;
15) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan
kompensatsiya to‘lovlari;
16) soliq to‘lovchining faoliyatida talab etiladigan boshqa shaharlik, chet ellik mutaxassislarni
ishga taklif qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
17) auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha xarajatlar;
18) maslahat, axborot xizmatlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va qayta tiklash
bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash;
19) bank va depozitariy xizmatlariga haq to‘lash;
20) soliq to‘lovchining faoliyatida zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
xarajatlari;
21) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan hamda soliq to‘lovchining xarajatlariga
kiritiladigan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan soliqlar, boshqa majburiy
to‘lovlar;
22) xalqaro tashkilotlarga to‘lanadigan badallar, agar bunday badallarni to‘lash soliq
to‘lovchi faoliyatni amalga oshirishi uchun yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga
binoan majburiy shart bo‘lsa;
23) mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va ta’minlash, texnika xavfsizligi, yong‘inga
qarshi va soqchilik muhofazasini hamda texnikaviy foydalanish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa
maxsus talablarni ta’minlash xarajatlari;
24) litsenziya bitimlariga ko‘ra huquq egasi bilan shartnoma bo‘yicha elektron-hisoblash
mashinalari va ma’lumotlar bazalari dasturlaridan foydalanish huquqini olish bilan bog‘liq xarajatlar.
Mazkur xarajatlarga elektron-hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni
yangilashga doir xarajatlar ham kiradi;
25) intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlardan va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi
vositalardan (xususan, ixtirolarga, sanoat namunalariga va intellektual mulkning boshqa turlariga
bo‘lgan patentlardan yuzaga keladigan huquqlardan) foydalanganlik uchun davriy (joriy) to‘lovlar;
26) buxgalteriya hisobotini e’lon qilish, shuningdek boshqa axborotni, agar qonun hujjatlarida
ularni e’lon qilishni (oshkor qilishni) amalga oshirish majburiyati soliq to‘lovchining zimmasiga
yuklangan bo‘lsa, e’lon qilish va boshqacha tarzda oshkor qilish xarajatlari;
27) xodimning mehnatda jarohatlanishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast
yetkazilishi yoxud xodim oila a’zosining vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti
munosabati bilan oila a’zolariga beriladigan moddiy yordam;
28) qonun hujjatlariga muvofiq bolani ikki yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash bo‘yicha
har oylik nafaqani to‘lash xarajatlari;
29) qonun hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etilishi, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi
munosabati bilan ozod etiladigan xodimlarga to‘lovlar;
30) tibbiy yordam punktini saqlab turish xarajatlari, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlik
va profilaktika tadbirlari uchun tibbiyot muassasalariga to‘lanadigan haq;
31) sog‘liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, sog‘lomlashtirish oromgohlari,
madaniyat hamda sport ob’ektlari, xalq ta’limi ob’ektlari, shuningdek, uy-joy fondi ob’ektlari
ta’minotiga doir xarajatlar (shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari va barcha turdagi ta’mirlash
ishlarini o‘tkazish xarajatlari);
32) ixtiyoriy sug‘urta uchun mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘ini qo‘shgan holda tushgan tushum hajmining 2 foizi
doirasidagi ajratmalar, sug‘urta mukofotlari summalari bundan mustasno;
241
33) mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta
mukofotlari summalari;
34) sug‘urtaning majburiy turlariga ajratmalar;
35) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida
belgilangan normalar doirasida kompensatsiya to‘lovlari;
36) faoliyat bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun
xarajatlar, bundan asosiy vositalarni sotib olish, ularni o‘rnatish hamda kapital tusdagi boshqa
xarajatlar mustasno. Loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va tegishli ilmiy-
tadqiqot, loyihalash, izlanish hamda tajriba-konstruktorlik ishlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi
boshqa hujjatlar bunday xarajatlarni chegirmalar jumlasiga kiritish uchun asos bo‘ladi;
37) ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperimental ishlarini
o‘tkazish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash
hamda ularni sinash, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlar
tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlar, mualliflik haqini to‘lash,
yangi texnologiyalar yaratish hamda qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, yangi
turdagi xom ashyo va materiallarni yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari;
38) soliq to‘lovchi tomonidan geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olish bo‘yicha
tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan, jami daromaddan keyingi yillar mobaynida bir
maromda yiliga 15 foizdan oshmagan miqdorda chegirib tashlanadigan xarajatlar;
39) qazib oluvchi tarmoqlarda xarajatlarni qoplashning belgilangan muddati mobaynida teng
ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmiga va miqdoriga
mutanosib ravishda hisobdan chiqariladigan tayyorgarlik ishlariga doir xarajatlar;
40) zararlar va yo‘qotishlar:
a) bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha;
b) tara bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha;
v) umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, bundan shubhali qarzlar
bo‘yicha tashkil etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarish mustasno;
g) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar va zararlar,
bundan chegirib tashlanmaydigan xarajatlar va zararlar mustasno;
d) tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy
boyliklarning nobud bo‘lishi hamda buzilishi, ishlab chiqarishning to‘xtashi oqibatidagi yo‘qotishlar
va boshqalar) tufayli ko‘rilgan o‘rni qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy
ofatlar oqibatlarini oldini olish yoki ularni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar;
e) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul
topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar;
j) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar;
z) asosiy vositalarni har yili amalga oshiriladigan qayta baholash natijasida vujudga keladigan
ilgarigi qo‘shimcha baholashdan (bahoning arzonlashtirilgan summasidan) olinadigan o‘sishdan
ortadigan bahoni arzonlashtirish summasi;
i) yaroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar;
k) ichki ishlab chiqarish sabablariga ko‘ra bekor turib qolishlardan ko‘rilgan yo‘qotishlar;
l) tashqi sabablarga ko‘ra (yuridik shaxsning aybisiz) bekor turib qolishlardan ko‘rilgan,
aybdorlar tomonidan kompensatsiya qilinmaydigan yo‘qotishlar;
41) kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar
tarkibiga kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar bo‘yicha foizlar mustasno;
42) kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalar doirasida muddati o‘tgan va uzaytirilgan
kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar, bundan investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga
kiruvchi investitsiyalar uchun olingan kreditlar va zayomlar bo‘yicha foizlar mustasno;
242
43) valyuta hisobvaraqlari, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi
salbiy farq, bu farq buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda
jami daromaddan chegirib tashlanadi:
chet el valyutasi mulk huquqining ushbu chet el valyutasiga o‘tishi sanasidagi holatga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past narxda sotilganda;
chet el valyutasi mulk huquqining ushbu chet el valyutasiga o‘tishi sanasidagi holatga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori narxda sotib
olinganda;
chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan tegishli hisobot davri uchun balansning
valyuta moddalari qayta baholanganda.
Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) chet el valyutasida baho belgilaydigan, biroq o‘zaro hisob-
kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)
realizatsiya qilingan sanadan ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘langan sanagacha
bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kursdagi o‘zgarish munosabati
bilan yuzaga keluvchi salbiy farq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘langan sanadagi holatga
ko‘ra jami daromaddan chegirib tashlanadi;
44) o‘zining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar;
45) moliyaviy ijara, shu jumladan lizing bo‘yicha ijaraga beruvchining (lizing beruvchining)
foizli daromadi bo‘lgan mablag‘larni to‘lashga doir xarajatlar;
46) soliq to‘lovchi tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
bo‘yicha foizlar tarzidagi xarajatlar;
47) favqulodda zararlar. Favqulodda zararlar – soliq to‘lovchilarning odatdagi faoliyati
doirasidan chetga chiquvchi voqealar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi
kutilmagan odatdan tashqari xarajatlarning moddalaridir. U yoki bu modda favqulodda zararlar
moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
yuridik shaxsning odatdagi xo‘jalik faoliyati uchun xos bo‘lmasligi;
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi;
48) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislari (ishtirokchilari) tomonidan
uning majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va
faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag‘lar chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida
qaralmaydi.
Xarajatlar ular yuzaga kelgan paytda, joriy hisobot davrida soliq solinadigan bazani hisoblab
chiqarishda chegirilmaydi, ular keyingi davrlarda, soliq to‘lovchining hisob siyosati bilan
belgilangan, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida chegirilishi lozim. Bunday xarajatlarga
quyidagilar kiradi:
1) yangi ishlab chiqarishlar, tsexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy ishlab
chiqariladigan yangi mahsulot turlarini hamda texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish xarajatlari;
2) barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o‘rnatilish sifatini tekshirib
ko‘rish maqsadida kompleks sinab ko‘rish (ishlab turgan holatida) xarajatlari;
3) ishchi kuchlari qabul qilish va yangi ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun
kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar;
4) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning jadallashtirilgan usulda hisoblangan
amortizatsiya summasi bilan belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi
o‘rtasidagi farq.
Shubhali qarzlar bo‘yicha zaxira tashkil etish uchun qilingan xarajatlar umidsiz deb e’tirof
etilgan qarzdorlikni hisobdan chiqarilayotganda, hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan umidsiz
qarzdorlik miqdoridan oshmaydigan summada chegirib tashlanadi.
Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
243
1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan ortiqcha yo‘qotishlar va
buzilishlar;
2) xodimlarga beriladigan yoki soliq to‘lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun
yordamchi xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narxdagi
farqlar (zararlar);
3) normalardan ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‘urta
turlari bo‘yicha ajratmalar);
4) nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar;
5) xo‘jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
6) umumiy ovqatlanish korxonalari yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish
xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash;
7) yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o‘tkazish
xarajatlari;
8) soliq to‘lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash
xarajatlari;
9) xodimlarga bepul ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq-ovqatlar, tovarlar,
mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki xodimlar uchun ishlar hamda xizmatlarni bajarish qiymati,
ularga bepul beriladigan uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va
boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summalari);
10) xodimlarga qo‘shimcha berilgan ta’tillarga to‘langan haq va ular yuzasidan qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan normalardan ortiqcha kompensatsiyalar;
11) xodimlarning ovqatlanishi, yo‘l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi uchun
yo‘llanmalar, ekskursiyalar va sayohatlar uchun, sport sektsiyalari, to‘garaklari, klublaridagi
mashg‘ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun, obunaga
hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash
yoki to‘lash va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
12) pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga biryo‘la to‘lanadigan
nafaqalar;
13) xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam, moddiy yordam bundan mustasno;
14) ishlab chiqarishda shikastlanganlik tufayli mehnat layoqatini yo‘qotganlik
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlarisiz haqiqatdagi ish haqigacha to‘lanadigan
to‘lovlar;
15) ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq
ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va
tashkilotlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga badallar kiritish;
16) ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan sog‘liqni saqlash va dam olishni tashkil
qilish tadbirlariga xarajatlar;
17) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni (xizmatlarni) (shaharlar va
shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa turdagi ishlar)
bajarishga sarflangan xarajatlar;
18) atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik qonun hujjatlarida
belgilangan normalardan ortiqcha bo‘lganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari;
19) kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha to‘lov
muddati o‘tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar;
20) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek ob’ekt
yonidagi omborga tashib keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf
etish bo‘yicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o‘tkazish (asbob-
uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar
244
uchun javobgar bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
hisobiga o‘rnini qoplash mumkin bo‘lmagan miqdordagi boshqa shunga o‘xshash xarajatlar;
21) bayram sanalari va muhim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan
xodimlarni rag‘batlantirish hisoblanadigan bir yo‘la mukofotlar;
22) sud chiqimlari;
23) aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan zarur
summalarning o‘rnini qoplash mumkin bo‘lmaganda ko‘rilgan zararlar;
24) soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkining (aktivlarining) chiqib
ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko‘rilgan (buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar;
25) xo‘jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun to‘langan
yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanktsiyalar;
26) davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha boshqaruvchi kompaniyalar, davlat ishonchli
boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda ularga mukofotlar
to‘lash, shuningdek kompaniyalarning boshqa professional boshqaruvchilariga mukofotlar to‘lashga
doir xarajatlar;
27) boshqa xarajatlar.
|