236
to‘lovchi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlar bajarganligi uchun haq
to‘lash;
7) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar;
8) qonun hujjatlariga muvofiq bepul beriladigan, shaxsiy foydalanishda qoladigan
buyumlarning (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlanish) qiymati yoki ular
pasaytirilgan narxlarda sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi;
9) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda mehnat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo‘shatish
nafaqasi va boshqa to‘lovlar.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan
hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qo‘llanilishi maqsadida
amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer osti boyliklari
va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) kutubxona fondi;
4) muzey qimmatliklari;
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
6) arxitektura yodgorliklari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyaning
quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi:
Gur
uhlar
tarti
b
raqa
mi
Kichik
guruh-
lar
tartib
raqami
Asosiy vositalarning nomi
Amortiza-
tsiyaning
yillik eng
yuqori
normasi,
foizlarda