• Ist.QQS=SO x N:100
  • Ist.QQS=XSTQ x N:(N+100).
  •  Qo‘shilgan qiymat solig‘ini stavkalari va ularni qo‘llash tartibi




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet276/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

     
    24.2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini stavkalari va ularni qo‘llash tartibi. 
    2009 yildan QQSdan soliq stavkasi Soliq Kodeksida ko‘rsatilgan 20% dir. 
    Belgilangan soliq stavkasiga qarab QQS summasi ikki usulda aniqlanadi. 
    Ist.QQS=SO x N:100 
    bu yerda: 
    Ist.QQS-iste’molchilardan undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
    SO-soliqqa tortiladigan oborot; 


    252 
    N—soliq stavkasi. Bu tartib deyarli hamma mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) oborotiga 
    qo‘llaniladi. 
    1. O‘z ichiga QQS summasi qo‘shilgan baho va tariflarda sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
    sotilganda soliq quyidagi shaklda aniqlanadi: 
    Ist.QQS=XSTQ x N:(N+100). 
    Bu yerda: 
    XSTQ — QQSni o‘z ichiga oluvchi tovar qiymati. 
    QQS to‘lashdan ozod bo‘lgan korxonalar yoki tovarlar bo‘yicha QQS dan ozod bo‘lgan yuridik 
    shaxslar erkin (shartnomaviy) baho va tariflarga QQS summasini qo‘shmaydilar. 
    Shunday holat yagona soliq to‘lovchi kichik korxonalarga, yalpi daromad solig‘i to‘lovchi savdo 
    tashkilotlariga va yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ham 
    taalluqlidir. 
    Ikkinchi guruh stavka — nolli stavkadir. Nolli stavkada quyidagilar soliqqa tortiladi: 
    1) mustaqil hamdo‘stlik davlatlarini o‘z ichiga olib eksportga erkin almashtiriladigan 
    valyutalarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilsa, agar hukumatlararo tuzilgan shartnomalarda boshqacha 
    shartlar belgilanmagan bo‘lsa; 
    2) qishloq xo‘jaligi korxonalariga ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik maqsadlariga mineral o‘g‘itlar 
    va yonilg‘i-moylash materiallari ortilsa; 
    3) chet el diplomatik va unga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydayaanishiga 
    tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilganda, shu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik 
    xodimlarining shaxsiy iste’moli uchun, ular bilan birga yashovchi oila a’zolarini ham qo‘shib (agar ular 
    O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmasa), ular O‘zbekistonda doimo yashamasa, chet el mamlakati ham shunday 
    printsipni qo‘llasa, nolli stavka joriy etiladi. 
    Nolli stavkada soliqqa tortiladigan korxonalar QQSni "0" stavkada hisoblaydi va moddiy 
    resurslarni sotib olib ishlab chiqarishda foydalanganda QQS summasini hisobga oladi (zachyot). 
    Ya’ni bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar QQSni mah-sulot yetkazuvchiga ham, byudjetga 
    ham tulamaydilar, chunki "0" stavkani qo‘llagan holda sotadilar. Demak, nolli stav-ka degani QQSdan 
    tamomila ozod etilgan demaqdir. Ana shu holat bilan nolli stavka sotib olgan materiallarini ishlab 
    chiqarish xarajatlariga qo‘shuvchi QQSdan imtiyoz oluvchi korxonalardan farq qiladi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Qo‘shilgan qiymat solig‘ini stavkalari va ularni qo‘llash tartibi

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish