271
boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 7 300,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati
qabul qilinadi.
2. Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‘lgan pensionerlar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha
soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonning 60 kv. metri hajmida belgilanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi ob’ektlari noturarjoy fond toifasiga
o‘tkazilganda yoki ular tomonidan noturarjoy fond ob’ektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk
sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun
belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Belgilangan muddatlarda ishga tushirilmagan va foydalanilmagan asbob-uskunalar uchun
korxonalar mol-mulk solig‘ining stavkasini ikki barobar ko‘paytirib to‘laydilar.
Qurilishdagi tasdiqlangan korxonani qurish muddati me’yori har bir ob’ekt bo‘yicha
texnologik va boshqa asbob-uskunlarni ishga tushirish va montaj qilish grafigi bo‘lishi shart. Shunga
qarab o‘z vaqgida ishga tushirilmagan mulklar aniqlanadi.
O‘zimizning va import qilingan asbob-uskunalarning yetkazib berish va montaj qilish
grafigi quyidagi ishga tushirish muddatlarini e’tiborga oladi.
1. Nomlar ro‘yxati va yetkazib berish grafigi hamda, reja bo‘yicha montaj qilishga qadar
yirik texnologik va elektroenergiya asbob-uskunalari.
2. 6 oydan ortiq bo‘lmagan texnologik liniyalar, boshqa umumzavod asbob-uskunalari.
3. Bir yiddan ortiq bo‘lmagan muddatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan import asbob-
uskunalar komplektini montaj qilish.
4. Tarqoq import asbob-uskunalari va kabel mahsulotlari rejalangan muddatda, lekin 6
oydan oshiq bo‘lmagan davrda montaj qilinishi kerak.
Montaj qilish me’yori va grafigi yo‘q bo‘lsa, asbob-uskunalar uchun quyidagi muddatlar
belgilanadi:
—ishlab chiqarish ob’ektlari belgilanishiga qarab o‘zimizda tayyorlangan va import qilingan
asbob-uskunalar ishga tushirilmasa, sotib olingan oydan so‘ng bir yil muddat o‘tishi bilan;
—noishlab chiqarish belgilanishiga qarab ob’ektlar bo‘yicha sotib olingan kundan
e’tiboran 6 oy o‘tsa;
Montaj qilish talab etuvchi xo‘jalik inventarlari va asbob-uskunalar bo‘yicha sotib olgan kundan
boshlanadi.
Ana shu mudtsatlardan so‘ng asbob-uskunalar montaj qilinsa yoki foydalanilmasa stavkasi ikki
marta ko‘paytirilib soliq to‘lanadi.