Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

 
 
25.4. Yer solig‘ini to‘lovchilar, soliq ob’ekti va stavkasi 
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara 
haqi tariqasida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 
to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik 
shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan yer 
solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini 
taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi. 
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi 
asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydilar. 
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer 
uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 
norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilaridir. 
Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer solig‘ini to‘lovchi bo‘ladi. 
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik 
shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun yer solig‘ini to‘lovchidir. 
Quyidagilar yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmaydi: 
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, notijorat tashkilotlar 
tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan yer uchastkalari bo‘yicha ushbu bo‘limda nazarda tutilgan 
tartibda yer solig‘i to‘lovchilar bo‘ladi; 
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik 
shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir. 
Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi: 
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy 
foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 
maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa 
shu kabi yerlar; 
aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan 
yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); 
kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya 
qilish joylari va boshqa shu kabi joylar); 
zahira yerlar. 
Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan 
holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir. 
Qaysi yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki 
ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yer uchastkalari uchun soliq 
solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran 
hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer 
uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. 
Yuridik shaxslarda yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq 
solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig‘i bo‘yicha 
imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan 
keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi). 
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan 
qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig‘i yerning 
sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadi. 


274 
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligi 
ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning 
ikki baravari miqdorida to‘lanadi. 
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer 
uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil 
etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini to‘lovchilardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 
to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy 
shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi. 
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan 
birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer 
solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo‘rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir: 
1) dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan 
yer uchastkalari; 
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga 
berilgan yer uchastkalari; 
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek 
yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari; 
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda 
mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; 
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. 
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. 
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi 
organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir. 
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, 
shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo‘yicha soliq 
solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari 
bo‘yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo‘yicha soliq solinadigan baza o‘z 
xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari 
bo‘yicha aniqlanadi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish