279
nizomga muvofiq Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xo‘jalik tovar ishlab
chiqaruvchilari 2004 yilning 1 yanvaridan boshlab tajriba tariqasida yagona yer solig‘ini qishloq
xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymatiga asosan hisoblash tartibiga o‘tkazildi.
Bu tajriba 2005 yildan boshlab Surxondaryo viloyatiga, 2006 yildan boshlab Andijon, Buxoro
va Xorazm viloyatlariga hamda 2007 yildan boshlab Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlariga tadbiq
etildi.
Yagona yer solig‘ining stavkasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xo‘jalik yerlarining
me’yoriy qiymatiga nisbatan foiz hisobida belgilangan.
Yagona yer solig‘i quyidagi barcha amaldagi umumdavlat (alkagol mahsulotlari uchun aktsiz
solig‘idan tashqari) va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar o‘rniga kiritilgan:
• daromad (foyda) solig‘i;
•
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
• aktsiz solig‘i;
•
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
• er ostidan foydalanganlik uchun soliq;
• mulk solig‘i;
•
er solig‘i;
• infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
• boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Yagona yer solig‘ining to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari
uchun bojxona boji, davlat boji, litsenziya yig‘imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar,
hamda alkagol mahsulotlar uchun aktsiz solig‘i to‘lashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yoki
ijaraga olingan yer maydonlari soliq ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar yagona yer
solig‘ining to‘lovchilaridir.
Agar fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir
qatorda shu faoliyat turlari bilan shug‘ullansa, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari
bo‘yicha qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim.
O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba,
eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklari, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yordamchi
qishloq xo‘jaligi hamda dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘i to‘lamaydi.
Jamoat binolari va xonadonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan
yerlar hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar bo‘yicha tegishli tuman va
shaharlarning sug‘oriladigan yerlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga
qabul qilingan.