|
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \ Pdf ko'rish
|
bet | 295/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq BuxgalteriyaJamoat imoratlari deganda shu imoratlar bilan butun birlik tashkil qiladigan hamma
qurilmalar majmui tushuniladi.
Qishloq xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymati – yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi va u soliq to‘lovchilarga soliq
idoralari tomonidan ma’lum qilinadi.
Jamoat imoratlari egallagan yerlarning me’yoriy qiymati asosiy yerlarning qiymatiga 2
koeffitsientini qo‘llagan holda aniqlanadi.
Xo‘jaliklarning ixtisosiga qarab asosiy yerlarga quyidagilar kiradi:
1) paxtachilik, sabzavotchilik, sholichilik va tamakichilik xo‘jaliklari uchun – sug‘oriladigan
haydaladigan yerlar;
2) bog‘ va uzumchilik xo‘jaliklari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar;
3) qorako‘lchilik xo‘jaliklari uchun – yaylovlar;
4) sug‘oriladigan yerlardagi g‘allachilik xo‘jaliklari uchun – sug‘oriladigan haydaladigan
yerlar;
5) lalmi yerlardagi g‘allachilik xo‘jaliklari uchun – lalmi haydaladigan yerlar kiradi.
Baliqchilik xo‘jaliklarida baliq boqiladigan sun’iy suv havzalari bilan band bo‘lgan
yerlarining me’yoriy qiymati – tuman bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning o‘rtacha me’yoriy qiymati
bo‘yicha qabul qilinadi.
Byudjetga to‘lanadigan yagona yer solig‘ining summasi qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat
imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning umumiy maydoni bo‘yicha hisoblangan soliq summasidan
soliq to‘lanmaydigan yerlarga hisoblangan soliq summasini ayirish bilan aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning umumiy
maydoniga hisoblanadigan soliq summasi ularning me’yoriy qiymatiga va soliq stavkasiga asosan
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
N
1
=(N
1
xC/100)
Bunda:
N
1
– qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning umumiy
maydoni uchun hisoblanadigan soliq summasi;
N
1
- qishloq xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning me’yoriy
qiymati;
S – soliq stavkasi, %.
Soliq to‘lanmaydigan yerlarga to‘g‘ri keladigan soliq summasi soliq to‘lanmaydigan qishloq
xo‘jalik yerlari va jamoat imoratlari bilan band bo‘lgan yerlarning me’yoriy qiymati va soliq
stavkasiga asosan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
|
| |