Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

27.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlar 
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi: 
1) moddiy yordam summalari:
tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam 
summalari – to‘laligicha;
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan 
xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – eng kam ish haqining yigirma baravarigacha 
miqdorda;
boshqa hollarda – eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
2) yo‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman qoplash summalari, 
turistik yo‘llanmalar bundan mustasno: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish 
muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada 
ishlamaydigan nogironlarga to‘liq yoki qisman qoplash summalari; 


294 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa 
sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus 
mo‘ljallangan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga o‘z xodimlarining o‘n olti 
yoshga to‘lmagan (o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar) bolalari uchun yo‘llanmalar 
qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash summalari; 
3) o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat 
ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan summalar, shuningdek yuridik 
shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning 
salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari. Xodimlarni 
davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatganlik uchun yuridik shaxslar tomonidan sog‘liqni saqlash 
muassasalariga naqd pulsiz haq to‘langan taqdirda, shuningdek sog‘liqni saqlash tashkilotlari 
tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan naqd pul 
mablag‘lari bevosita xodimga, xodim yo‘qligida, uning oila a’zolariga, ota-onalariga berilgan yoki 
mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar xodimning bankdagi hisobvarag‘iga kiritilgan 
taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi; 
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash 
uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi 
summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida; 
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga 
yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan 
bo‘lsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, 
fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi; 
7) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor 
bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng 
bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati; 
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir 
yo‘la beriladigan pul mukofoti; 
9) sanoat mulki ob’ektlariga va selektsiya yutug‘i patentiga patent (litsenziya) egasi bo‘lgan 
jismoniy shaxsning patentni (litsenziyani) ularning amal qilish muddati doirasida, lekin foydalanish 
boshlangan kundan e’tiboran quyida ko‘rsatilgan davrdan ko‘p bo‘lmagan muddatda sotishdan 
olgan daromadi summasi: 
ixtirolar va selektsiya yutug‘idan – besh yil davomida; 
sanoat namunasidan – uch yil davomida; 
foydali modeldan – ikki yil davomida; 
10) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari 
xodimlari oladigan summalar; 
11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan 
olinadigan daromadlar, amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan mol-mulkni 
sotishdan tushadigan daromadlar bundan mustasno; 
12) uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, 
parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, 
mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta 
ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan 
daromadlar, bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur 


295 
daromadlar soliq to‘lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari 
tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila 
a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi 
hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi; 
13) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi 
sovrinlarning qiymati; 
14) yuridik shaxslardan olingan, soliq davrining oxiridagi holatga ko‘ra belgilangan eng 
kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, bir yil mobaynidagi eng kam ish 
haqining olti baravari miqdorigacha bo‘lgan summadagi sovg‘alarning qiymati; 
15) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura 
shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot va san’at asarlari 
ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining 
merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari mustasno; 
16) davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar, lotereya bo‘yicha yutuqlar; 
17) depozit sertifikatlar bo‘yicha daromadlar, tijorat banklaridagi omonatlar va davlat xazina 
majburiyatlari bo‘yicha foizlar hamda yutuqlar; 
18) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek ilmiy-texnika hamkorligi 
sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy shaxs 
grant beruvchidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan fan 
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning xulosasi bo‘lgan taqdirda, 
yuridik shaxsdan – grant oluvchidan olgan grant summasi; 
19) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari 
mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini olish uchun 
yo‘naltiriladigan summalari, shuningdek dividendlar tarzida olingan va dividend to‘lagan yuridik 
shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan qo‘shimcha aktsiyalarning qiymati yoki 
o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga 
yo‘naltirilganda aktsiyalar nominal qiymatining ko‘payishi tarzida olingan daromadlar. Yuqorida 
nazarda tutilgan imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan 
chiqilganda (chiqib ketilganda), mazkur mol-mulk sotilganda yoxud tugatilayotgan yuridik 
shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanganda ilgari 
soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinishi kerak; 
20) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o‘n ikki baravari miqdori 
doirasida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy 
ta’minoti bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bundan 
vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor a’zosini 
parvarishlash nafaqalari) mustasno, shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan 
jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam turlari; 
21) olingan alimentlar; 
22) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sug‘urta bo‘yicha oladigan summalari; 
23) ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga to‘lanadigan, ularga qonun hujjatlarida 
davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda shu muassasalar tomonidan tayinlanadigan 
stipendiyalar; 
24) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq har oylik 
kompensatsiya pul to‘lovlari; 


296 
25) davlat pensiyalari; 
26) davlat pensiyalariga ustamalar: 
a) I guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik foizi; 
b) II guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma besh foizi; 
v) III guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining yetmish besh foizi; 
g) ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish hakining yuz foizi; 
d) boshqa kasalliklar bo‘yicha I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining yetmish 
besh foizi; 
e) II guruh yolg‘iz nogironlarga – eng kam oylik ish haqining ellik foizi; 
j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 
ellik foizi; 
z) 1941–1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy 
majburiyatlarni bajargan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining o‘ttiz foizi; 
i) vafoti harbiy xizmat burchlarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmatchilarning ota-onalari 
va xotinlariga (yangi nikohdan o‘tmaganlarga) – eng kam oylik ish haqining o‘ttiz foizi; 
k) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga – xizmatlariga qarab, 
eng kam oylik ish haqining yuz foizdan bir yuz ellik foizigacha;
l) yoshidan qat’i nazar, imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga – eng 
kam oylik ish haqining yetmish besh foizi; 
m) teatr-kontsert tashkilotlari artistlariga va badiiy xodimlariga, o‘quv muassasalarining 
teatr hamda musiqa san’ati ijodiy xodimlarini tayyorlash bilan band bo‘lgan professor-o‘qituvchilari 
va kontsertmeysterlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan 
ro‘yxatga ko‘ra – eng kam oylik ish haqining ellik foizi; 
27) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha foiz daromadlari, 
shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari; 
28) soliq solinishi kerak bo‘lgan va mol-mulkni sug‘urta qilish hamda hayotni uzoq muddatli 
sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari ish haqining hamda boshqa daromadlarining summalari; 
29) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik 
sub’ektiga – yuridik shaxsga uning majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladigan daromadlari 
summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki 
tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi 
va soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi; 
30) jismoniy shaxslarning – yosh oila a’zolari ish haqining va soliq solinadigan hamda yakka 
tartibda uy qurish, uni rekonstruktsiya qilish va olish yoki ko‘p kvartiradagi uyni rekonstruktsiya 
qilish va olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ularga hisoblangan foizlarni qoplash uchun 
yo‘naltiriladigan boshqa daromadlarining summalari. Mazkur mol-mulk olingan (mulk huquqi davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda nazarda tutilgan 
daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinishi kerak. 
Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod qilish 
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar to‘liq ozod qilinadi: 
1) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik 
muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar 


297 
ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa, – O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan 
olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari 
barcha daromadlari bo‘yicha; 
2) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining 
ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, – 
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan 
bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha; 
3) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat 
ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, – o‘z xizmati yuzasidan oladigan 
barcha daromadlari bo‘yicha; 
4) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining 
uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy yashamasa, – o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha; 
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari – agar ular O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha; 
6) O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, 
Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona 
organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shuningdek o‘quv yoki 
sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar – xizmatni o‘tash (xizmat vazifalarini 
bajarish) munosabati bilan olgan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar summalari 
bo‘yicha; 
7) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo‘lgan xodimlari – ularning xizmat 
vazifalarini bajarish munosabati bilan olgan daromadlari bo‘yicha; 
8) gastrol-kontsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lgan 
shaxslar – ushbu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha. 
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng 
kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod qilinadi: 
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor 
bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari 
yoxud 1941–1945 yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini 
bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda 
bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan 
boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti 
bo‘yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar. Bu 
imtiyozlarni berish uchun «O‘zbekiston Qahramoni» guvohnomasi, Sovet Ittifoqi Qahramoni, 
Mehnat Qahramoni daftarchasi, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlarning orden 
daftarchasi, urush nogironlarining tegishli urush nogironi guvohnomasi yoxud mudofaa ishlari 
bo‘yicha bo‘limning yoki boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi, boshqa nogironlarning – 
Nogironning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asos bo‘ladi; 
2) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va 
muassasalarda o‘tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lib, 1941–1945 
yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo‘yicha boshqa jangovar operatsiyalarning 
qatnashchilari, 1941–1945 yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va kontsentratsion 
lagerlarning sobiq yosh tutqinlari. Imtiyoz Urush qatnashchisining guvohnomasi asosida, 1941–


298 
1945 yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va kontsentrantsion lagerlarning sobiq yosh 
tutqinlari – Imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki mehnat va ijtimoiy ta’minot 
organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
3) Leningrad shahrida 1941 yil 8 sentyabrdan 1944 yil 27 yanvargacha qamal davrida 
ishlagan fuqarolar. Imtiyoz ushbu shaxslar qamal davrida Leningrad shahri korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlarida ishlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida beriladi; 
4) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lib, 
xizmat vazifalarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida 
nogiron bo‘lib qolganlar. Nogironning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi 
imtiyozlar berilishi uchun asos bo‘ladi; 
5) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari. Imtiyoz 
pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida 
beriladi; 
6) o‘n va undan ortiq bolasi bor ayollar. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining 
bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi mazkur imtiyoz berilishi uchun asos bo‘ladi; 
7) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa vazifalarini bajarish 
paytida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoxud shikastlanganligi oqibatida yoki frontda bo‘lish 
bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari. 
Imtiyoz «Halok bo‘lgan askarning bevasi (onasi, otasi)» shtampi qo‘yilgan yoki pensiya 
guvohnomasini bergan muassasa rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli 
pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasalar, imtiyoz ularga 
sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligi, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoki Ichki ishlar 
vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining halok bo‘lganligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni himoya qilish yoki harbiy xizmatning 
boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok 
bo‘lgan harbiy xizmatchilarning rafiqalariga imtiyoz faqat ular boshqa turmush qurmagan taqdirda 
beriladi; 
8) xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa 
mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy 
xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar. Mazkur 
imtiyozni berish uchun Imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki sobiq SSSR 
Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligi, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati yoxud Ichki ishlar vazirligi mudofaa 
ishlari bo‘yicha bo‘limlari, harbiy qismlari, harbiy-o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari yoki 
tashkilotlarining ma’lumotnomasi asos bo‘ladi; 
9) Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar. Imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi 
avariya oqibatlarini tugatish qatnashchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar 
tomonidan berilgan, imtiyoz berilishi uchun asos bo‘luvchi boshqa hujjatlar asosida beriladi; 
10) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar. Imtiyoz har bir 
bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan taqdim 
etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi; 
11) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor va boquvchisini yo‘qotganlik 
uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi 
to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, qayta turmush qurmaganlik 


299 
hamda mehnat va ijtimoiy ta’minot organining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya 
olinmasligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi; 
12) bolaligidan nogiron bo‘lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga 
yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash 
muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi, birgalikda 
yashashga taalluqli qismida – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’lumotnomasi 
asosida beriladi. 
Ushbu imtiyozlar tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga kelgan taqdirda, imtiyozlarga 
bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi. 
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan bir nechta asos 
bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqga ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz 
beriladi. 
Yuqoridagi imtiyozni qo‘llash jismoniy shaxsning asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, 
asosiy ish joyi bo‘lmagan taqdirda – yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami 
yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga 
oshiriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yo‘qotilgan 
paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga 
ma’lum qilishi kerak.
Sanab o‘tilgan imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va dividendlar tarzida olingan 
daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq 
etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyozni qo‘llash asosiy ish 
joyi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar foizlar va dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha 
hisoblansa, imtiyoz jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida jismoniy shaxsning yashash joyidagi 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga 
berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
 
27.4. Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, 
ushlab qolish va daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari 
Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, 
ushlab qolish va to‘lash majburiyati yuridik shaxslar, faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik 
shaxslarining vakolatxonalari zimmasiga yuklatiladi.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlarga 
quyidagilar kiradi:
1) jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari; 
2) jismoniy shaxslarning bir martalik ishlarni bajarishdan oladigan daromadlari;
3) jismoniy shaxslarning dividendlar, foizlar, pul mukofotlari tariqasida olgan daromadlari; 
4) jismoniy shaxslarning bepul berilgan aktsiyalar yoki yuridik shaxslar mol-mulkining ulushi 
tariqasidagi daromadlari; 
5) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga to‘lanadigan daromadlar; 
6) jismoniy shaxslarning mol-mulkni yuridik shaxsga ijaraga berishdan oladigan daromadlari; 
7) royalti; 
8) jismoniy shaxslarning tanlovlar va musobaqalar yakunlari bo‘yicha sovrinlar, yutuqlar 
tariqasida oladigan daromadlari; 


300 
9) yuridik shaxs – grant oluvchi tomonidan jismoniy shaxsga beriladigan grantlarning 
summalari;
10) jismoniy shaxslarga yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun yuridik 
shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromadlar; 
11) jismoniy shaxsga yuridik shaxs tomonidan moddiy naf tariqasida to‘lanadigan 
daromadlar. 
To‘lov manbaida soliq solish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan 
holda soliq agentlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Soliq agentlari soliq to‘lovchining daromadlaridan hisoblangan jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i summasini mazkur daromadlar haqiqatda to‘lanayotganda ushlab 
qolishlari shart. 
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning hisoblangan summasini soliq 
to‘lovchidan ushlab qolish soliq agenti soliq to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari 
hisobidan, mazkur pul mablag‘lari haqiqatda soliq to‘lovchiga yoki uning topshirig‘iga binoan 
uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida 
byudjetga o‘tkazilishi uchun javobgarlik daromad to‘layotgan soliq agentining zimmasida bo‘ladi. 
Mazkur soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani hamda 
u bilan bog‘liq penyani byudjetga to‘lashi shart. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini 
qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil 
boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu 
bo‘limda belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad 
hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy 
ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya 
hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. 
O‘z xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatgan va qimmatbaho sovg‘alar bergan soliq agentlari 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini soliq davrining oxirida amalda bo‘lgan eng kam 
ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qiladi.
Jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan moddiy 
yordam va qimmatbaho sovg‘a olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini 
qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirgan taqdirda, 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davrining oxirida amalda bo‘lgan eng kam ish haqi 
miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda 
o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi buxgalteriyaga 
dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan 
ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan 
taqdirda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha 
ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma yoki identifikatsiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda, 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida 
olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 
hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joylaridan 
olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng xodimga ilgarigi asosiy ish joyida to‘lov amalga 
oshirilgan taqdirda, mazkur to‘lovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i imtiyozlar 


301 
qo‘llanilmagan holda solinadi. Yuridik shaxs bu xodimga to‘lagan daromadning jami summasi va 
undan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi 
haqida bu yuridik shaxs hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga o‘ttiz kun ichida 
yozma ravishda ma’lum qilishi shart. 
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan olingan daromadlarga to‘lov 
manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish jami daromad 
summasidan imtiyozlar qo‘llanilmagan holda, belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanishiga qarab, 
yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan daromadlar olayotgan 
jismoniy shaxs buxgalteriyaga o‘z daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 
eng yuqori stavkasi bo‘yicha ushlab qolish to‘g‘risida ariza bersa, daromadlar to‘layotgan yuridik 
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushbu bo‘limda nazarda tutilgan 
imtiyozlarni qo‘llamagan holda eng yuqori stavka bo‘yicha ushlab qoladilar. 
Soliq agentlari ish haqi to‘layotganda jismoniy shaxsning talabiga binoan unga 
daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘ining ushlab qolingan summasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma 
berishlari shart. 
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yakuniy summasi olingan daromadlar, qilingan xarajatlar 
va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha 
davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi. 
Soliq agentlari: 
1) soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar 
olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida, asosiy ish joyi bo‘yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar 
bundan mustasno, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart, unda 
quyidagilar aks ettiriladi: 
soliq to‘lovchining – jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami; 
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili; 
o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi; 
soliq agentining identifikatsiya raqami; 
soliq agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil yakunlari 
bo‘yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga 
hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
belgilangan shaklda taqdim etishi shart. 
To‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan 
summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to‘lanadi: 
pul mablag‘larini olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir 
vaqtda;
to‘lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday 
to‘lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo‘lsa. 
Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag‘ida ish haqini to‘lash va bir vaqtning o‘zida 
xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga o‘tkazish uchun mablag‘lar yetarli 
bo‘lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bank hisobvarag‘idagi qoldiq 
mablag‘larga mutanosib summada byudjetga o‘tkaziladi. 


302 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam stavka bo‘yicha soliq 
solinadi: 
baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida 
olingan daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay 
hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar xodimlarining ish haqiga koeffitsientlar 
hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish 
haqining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi ishlariga 
yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga. 
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan ayollarning daromadlaridan 
olish darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim. Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlar ro‘yxati 
qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jismoniy shaxsning – O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston 
Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan 
daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi: 
dividendlar va foizlarga – 10 foiz; 
xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan 
olinadigan daromadlarga) – 6 foiz; 
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazganlik uchun 
pul mukofoti, ijara bo‘yicha daromadlar, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, 
fuqarolik-huquqiy tusga ega shartnomalar bo‘yicha olingan boshqa daromadlarga – 20 foiz. 
To‘lov manbaida soliq solish to‘lov O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning 
hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
STAVKALARI 
Soliq solinadigan daromad 
Soliq stavkasi 
Eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdorda 
Daromad summasining 12 foizi 
Eng kam ish haqining olti baravaridan (+1 so‘m) 
o‘n baravarigacha miqdorda 
Olti baravar miqdordan soliq + Eng kam ish haqi 
miqdorining olti baravaridan oshadigan summadan 
17 foiz 
Eng kam ish haqining o‘n baravari (+1 so‘m) va 
undan yuqori miqdorda 
O‘n baravar miqdordan soliq + Eng kam ish haqi 
miqdorining o‘n baravaridan oshadigan summadan 
22 foiz 
Izoh: 

Download 4,92 Mb.
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish