315
2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi
avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros
asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar;
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va
qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan
korxonalar – mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari
bo‘yicha;
4) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq
yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport
korxonalari – yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil
avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);
5) yuridik shaxslar – qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan kon avtosamosvallari
bo‘yicha;
6) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari,
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar,
shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
7) yuridik shaxslar – avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazishda;
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
9) avtotransport vositalarini 3–5-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun
oluvchi lizing beruvchilar.
Avtotransport vositalarini olganlik yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik
olib kirganlik uchun yig‘im ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda
undiriladi:
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida,
shuningdek qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda. Yig‘im taraflarning yozma
kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing
shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti
bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;
4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.
Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib
kirish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport
vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga
oshirilmaydi.
Chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning
hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.