|
Ayrim toifadagi jismoniy axslar uchun sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va Pdf ko'rish
|
bet | 308/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq BuxgalteriyaAyrim toifadagi jismoniy axslar uchun sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va
to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari. Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil
etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallari miqdorini
oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda, qoramollarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi
dehqon xo‘jaliklarining a’zolari esa oyiga eng kam ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda
belgilaydilar. Dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini ixtiyoriy ravishda amalga
oshiradilar.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo‘lgan
yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklarining a’zolari uchun sug‘urta badalining miqdori eng kam ish haqining kamida 50
foizini tashkil etishi kerak.
Sug‘urta badallarini to‘lash har oyda keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga
oshiriladi. To‘lov topshiriqnomasida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va to‘lov
to‘lanayotgan davr albatta ko‘rsatilishi kerak. Agar davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga
oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
28.5. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma
312
Majburiy ajratma to‘lovchilari, ob’ekti, bazasi va stavkalari. Pensiya ta’minoti tizimidagi
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar
to‘liq yig‘ilishini samarali tashkil qilish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda
pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini
oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi
|
| |