310
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq
xizmati organiga ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan
keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot
topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan
korxonalar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona
soliq to‘lovini to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda
qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasida yagona soliq to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi.
To‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi yoki chet elda soliq
to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to‘langan foyda solig‘ining summasini
hisobga olish uchun asos bo‘ladi.