Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini hisoblab chiqarish maqsadida 
eng kam ish haqining miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan 
tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqining jami summasi). 
2. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga to‘lanadigan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan 
pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
solinadigan daromadlaridan 1% miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar 
summasiga kamaytiriladi. 
 
27.5. Daromadlarga deklaratsiya asosida soliq solish 


303 
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik 
uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq 
solinmagan bo‘lsa; 
ikkita yoki undan ko‘p manbadan olingan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda uning 
arizasiga ko‘ra ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik 
haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor 
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan daromadlariga jismoniy 
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini davlat soliq xizmati organining yozma 
xabarnomasi asosida to‘laydi. 
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik 
haqi olayotgan jismoniy shaxs daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini 
yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq, haqiqatda qilingan va hujjatlar 
bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, biroq chegirma olingan jami 
daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanish uchun zarur materiallar 
olishga doir xarajatlar; 
faqat fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha 
tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq to‘lovchining olingan 
yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi. 
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya shakli O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadi hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: 
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, jinsi, fuqaroligi, doimiy 
yashash joyi manzili; 
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 
soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar turlarga ajratib ko‘rsatilgan holda olingan jami yillik 
daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni 
deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning o‘zidan olish mo‘ljallanayotgan daromad aks 
ettiriladi); 
daromadlarning manbalari; 
daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarning 
summalari;
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar; 
hisoblab chiqarilgan soliq summasi; 
haqiqatda to‘langan soliq summasi. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada jismoniy shaxslarning 
jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi 
mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya pochta orqali buyurtma xat 
shaklida, shuningdek elektron shakldagi axborot tarzida taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya blankalari soliq 
to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan bepul beriladi. 


304 
Jismoniy shaxs taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi 
deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxs deklaratsiyaga 
zarur o‘zgarishlar kiritishi shart.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish 
haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddati tugaguniga qadar 
berilsa, soliq to‘lovchi belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish 
haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddati tugaganidan 
keyin, biroq xatolar davlat soliq xizmati organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq 
to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to‘lagan taqdirda, 
javobgarlikdan ozod etiladi. 
Jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organining taqdim etilgan jismoniy shaxsning jami yillik 
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xatolik to‘g‘risidagi bildirishnomasini olgan kun 
davlat soliq xizmati organi tomonidan xatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchilar olgan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi 
deklaratsiyani, doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 
1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs o‘tgan soliq davri uchun 
daromadlar to‘g‘risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi. 
Chet ellik jismoniy shaxs – O‘zbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan 
tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida 
tugatgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‘lsa, uning 
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari 
to‘g‘risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga 
chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs – 
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga 
chiqib ketayotgan bo‘lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. 
Taqdim etish tartibi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblab chiqarilgan 
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash deklaratsiya topshirilgan paytdan 
e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant 
bo‘yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdorini, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning tegishli xulosasini ko‘rsatadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda 
daromadlar to‘g‘risidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi:
dastlabki deklaratsiyani – shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran bir oy 
o‘tgach, besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga to‘lov 
manbaida solinadigan soliq solinmagan bo‘lsa;
yakuniy 
deklaratsiyani 
– 
o‘tgan 
soliq 
davridan 
keyingi 
yilning
15 yanvariga qadar.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy 
yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. 
Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi 
deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘laydilar. 
Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan 
daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi 
mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy 


305 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi. 
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan 
oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning 
daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab 
chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 15 
martigacha soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak. 
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir: 
yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langani 
taqdirda – ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun; 
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda – bank kassasiga 
mablag‘lar to‘langan sana. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga 
oshirilishi kerak. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish