• (satr 4 x satr 5/100 x 1000) 1 ga Jami maydonning (satr 2 x satr 3) 1 2
  • Soliqqa tortilmaydigan yerlarning




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet300/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Soliqqa tortilmaydigan yerlarning  
    me’yoriy qiymatidan yagona yer solig‘i summasining 
    HISOB-KITOBI 


    285 
    Yerlarning turlari 
    Maydon, 
    ga 
    Me’yoriy qiymati, ming so‘m 
    Soliq 
    stavkasi, 
    % 
    Soliq 
    summasi, 
    so‘m 
    (satr 4 x 
    satr 
    5/100 x 
    1000) 
    1 ga 
    Jami maydonning 
    (satr 2 x satr 3) 
    1 
    2 
    3 
    4 
    5 
    6 
    Yerlarning umumiy 
    maydonidan soliqqa 
    tortilmaydigan yerlar 
    - jami: 
    shu jumladan: 
    23 

    2693,0 

    53860 
    Yangi tutzorlar bilan 
    band bo‘lgan yerlar 
    20 
    103,6 
    2072,0 


    Sport inshootlari bilan 
    band bo‘lgan yerlar 

    207,2 
    621,0 


    Soliqqa tortilmaydigan yerlarning me’yoriy qiymatidan kelib chiqib, soliqqa tortilmaydigan 
    yerlarga to‘g‘ri keladigan soliq summasi 53860 so‘mni tashkil etadi. 
    Byudjetga to‘lanadigan yagona yer solig‘ining summasi yerlarning umumiy maydoniga 
    hisoblangan soliq summasining soliq to‘lanmaydigan yerlar (amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
    soliq to‘lanmaydigan yerlar) hisoblangan soliq summasining farqi sifatidan aniqlanadi. 
    Byudjetga to‘lanadigan soliq summasi 3627890 so‘mni (3681750 - 53860) tashkil etadi. 
    26.4 Yagona yer solig‘i bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash 
    tartibi 
    Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi har yili joriy soliq 
    davrining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga 
    o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida 
    qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko‘rsatilgan 
    ma’lumotnomani taqdim etadi. 
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda ushbu Kodeksning 
    132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. 
    Agar o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha yagona yer solig‘i to‘lovchi belgilangan shartlarga 
    javob bermasa, soliq to‘lovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan 
    soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi kerak. 
    Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq to‘lovchi belgilangan shartlarga 
    javob bermay qo‘ygan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati 
    organiga soliq solish tartibini tanlash to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq to‘lovchining 
    yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning byudjet bilan hisob-kitoblarni 
    belgilangan tartibda amalga oshirishga roziligi deb hisoblanadi. 
    Yagona yer solig‘ini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchi 
    ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, obodonlashtirish 
    va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
    bo‘yicha u umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy 
    to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi. 


    286 
    Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tgan yagona yer solig‘ini 
    to‘lovchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq faqat navbatdagi soliq 
    davri boshidan boshlab yana yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqlidir.
    Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi 
    ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-
    tajriba xo‘jaliklari faoliyatning yagona yer solig‘ini to‘lash tatbiq etiladigan qismi bo‘yicha soliq 
    solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas. 
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat 
    turlarini amalga oshirishda yagona yer solig‘i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha alohida-
    alohida hisob yuritishi shart. 
    Soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar 
    faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar 
    bo‘yicha yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga 
    kirmaydigan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi kerak. 
    Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar uchun boshqa daromadlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
    yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq daromadlar sifatida qaraladi hamda ularga soliq solinmaydi, 
    birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno. 
    Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig‘i to‘lovchida 
    dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. 
    Yagona yer solig‘i summasi soliq solinadigan bazaga qarab: 
    er uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig‘ining belgilangan stavkasidan; 
    er uchastkalarining maydonidan, yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining sifat 
    tavsifini (bonitet ballini) nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e’tiborga olingan holda belgilangan 
    stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
    Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati 
    organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. 
    Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i yer uchastkasi berilganidan 
    keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer 
    solig‘ini to‘lash yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi 
    (kamaytiriladi). 
    Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona yer solig‘i 
    bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchilar davlat 
    soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiritilgan 
    hisob-kitobini taqdim etishlari shart. 
    Yagona yer solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 
    hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi; 
    hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; 
    hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish