311
Bunda davlat soliq xizmati idoralari xodimlariga belgilangan tartibga rioya qilinmagan
takdirda to‘lovchining ixtiyorida qolayotgan foyda hisobidan yagona ijtimoiy to‘lovni uning
belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda to‘liq undirib olish huquqi berildi
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli
jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga
muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - 23,6 %;
- davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga - 0,2 %;
- kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga - 0,2 %.
Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 3,5% miqdorida belgilangan.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta
badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg‘armaga
o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi belgilangan shaklda soliq bo‘yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan
muddatda; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan
– har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa
yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Sug‘urta badallarining hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati
organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari yuridik shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda
amalga oshiriladi:
- yagona ijtimoiy to‘lov – har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
- sug‘urta badallari – ish haqiga pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlarni taqdim
etish vaqtida.