• 28.6. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar
  • ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet310/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda 
    hisoblab chiqariladi.
    Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi belgilangan 
    shaklda soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun 
    bilan: 
    -mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan 
    keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot 
    topshiriladigan muddatda; 
    -mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – 
    har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa 
    yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
    Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan 
    keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
    28.6. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-sonli, Vazirlar 
    Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli “O‘zavtoyo‘l davlat aktsiyadorlik kompaniyasi va 
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatni tashkil 
    etish masalalari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2003 yil 1 oktyabridan boshlab yo‘l xo‘jaligini 
    boshqarish tuzilmasidagi Respublika, viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalari tugatildi va ularning 
    o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Respublika yo‘l jamg‘armasi tuzildi. 
    Ushbu jamg‘armaga mablag‘larni yig‘ish va uni nazorat qilish vazifasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
    Davlat bojxona qo‘mitasi zimmalariga yuklatildi. 
    Soliq kodeksining 316-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan 
    yuridik shaxslar yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. 
    Notijorat tashkilotlar (bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan 
    daromadlari mustasno), yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik shaxslar hamda ixtisoslashtirilgan 
    yo‘l xo‘jaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan korxonalar yo‘l jamg‘armasiga majburiy 
    ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lib hisoblanmaydi. 
    Sof tushum yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq 
    solinadigan bazasi qilib belgilangan. 
    Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq 
    solinadigan bazasi quyidagilardir: 
    1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun – 
    mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik 
    ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz 
    ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya 
    qilingan hajmi;
    2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va 
    ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun – o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-
    montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining 
    qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati; 
    3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik 
    va topshiriq shartnomasi bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa 
    shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – ko‘rsatilgan 
    xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi mukofot summasi; 
    4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun – tovar oboroti; 
    5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun – soliq kodeksining 148- va 150-
    moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromadlari; 


    314 
    6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – 
    moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi. 
    Yuridik shaxslar turli xil ob’ektlarga ega bo‘lgan hollarda, ular ob’ektlarning alohida-
    alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan 
    holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi lozim. 
    Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar soliq solinadigan bazadan va 
    tasdiqlangan stavkadan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
    Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning hisob-kitobi belgilangan shaklda 
    soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan 
    mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi 
    oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan 
    muddatda; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan 
    – har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa 
    yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
    Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash hisobot davridan keyingi oyning 
    25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
    Soliq kodeksining 54-bobiga asosan Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan 
    tashqari yig‘imlar ham to‘lanadi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish