Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, 
foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish ob’ektidir. 
Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ 
qiymati soliq solinadigan bazadir. 
Yer uchastkalarining normativ qiymati belgilanmagan qishloq xo‘jaligi tovari ishlab 
chiqaruvchilari uchun soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni soliq solinadigan bazadir. 
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer 
uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo‘lgan huquq vujudga kelgan oydan 
keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq 
solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi. 
Yuridik shaxslarda yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquqlar vujudga kelganda 
soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig‘i 
bo‘yicha imtiyozga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan 
oydan keyingi oydan boshlab ko‘paytiriladi. 
 
26.3. Yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliqni hisoblash tartibi. 
Soliqqa tortilmaydigan yer uchastkalariga quyidagilar kiradi: 
• 
qishloq aholisi yashaydigan joylardagi umumfoydalanishdagi yerlar; 
• 
ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 
• 
sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, basseynlar, sportning texnik turlari 
ob’ektlari va boshqa jismoniy-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish va 
sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriya va kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq 
bazalari; 
• 
yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida bo‘lgan yerlar loyihada 
ko‘rsatilgan muddatidan, lekin ish boshlangandan boshlab 5 yildan oshmagan muddatga; 
• 
ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash ob’ektlari bilan band bo‘lgan yerlar; 
• 
tut ko‘chatlari o‘tkazilgan yer maydonlari 3 yil muddatga, qator oralariga qishloq xo‘jalik 
ekinlari ekilishidan qat’iy nazar; 
• 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortilmaydigan boshqa yerlar. 
Yagona yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 

yangidan tashkil etilgan qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari, jumladan fermer 
xo‘jaliklari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 2 yil muddatga; 

daromad (foyda) va yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo‘jalik tovar ishlab 
chiqaruvchilari. 
Yagona yer solig‘ini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
Yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 
oydan boshlab ikki yil muddatga. Mazkur imtiyoz tugatilgan fermer xo‘jaliklari bazasida tashkil 
etilgan fermer xo‘jaliklariga tatbiq etilmaydi; 


281 
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi 
organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. 
Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-
taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq 
summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. 

Download 4,92 Mb.
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish