280
qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash
ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga
oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni
tashkil etadigan yuridik shaxslar.
Yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi.
Quyidagilar yagona yer solig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi:
o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari.
Yer uchastkalari ijaraga (shu jumladan ichki xo‘jalik pudratiga) berilganida yagona yer
solig‘ini to‘lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasida saqlanib qoladi.