278
10) shaxslar – ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari bo‘yicha – yer uchastkasi
berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga.
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga
bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tgan
jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq to‘lovchining tanlashi bo‘yicha faqat
bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.
soliq solinmaydigan yer uchastkalariga taalluqli qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yer
solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lgan jismoniy shaxslarning hisobini
muntazam yuritadi.
Yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasi jismoniy
shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar
vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir
oy ichida yer solig‘ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‘lovchiga yer solig‘i summasi va uni
to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Yer solig‘i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki
ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning
mahalliy byudjetiga to‘lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy shaxslar tomonidan yer
uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‘ini to‘lash yer uchastkasi
kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan
oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan
taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i yer uchastkasidan foydalanish
faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Soliq davri uchun yer solig‘i to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan yiliga ikki marta teng
ulushlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 15 iyuniga qadar;
hisobot yilining 15 dekabriga qadar.