DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA
24«11»2023 yil.
173-12-170-DUM/2023-son
Bir tomonidan 8-son maktab nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi Sultanov Furqat Rajabovich shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim o’zbek tilida olib boriladigan 2-sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi ota-onalar mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
Maktab 2023-2024 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar yoki mashq daftarlar 2023-yil 5-sentabrda Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan berildi:
Darsliklar nomi
Matematika
Tasviriy san’at
Musiqiy savodxonlik
Tabiiy fan
Texnologiya
O’qish savodxonligi
Ona tili
Ingliz tili
Tarbiya
Rus tili
Tabiiy fan daftari
O’qish savodxonligi daftari
Ingliz tili daftari
Jismoniy tarbiya daftari
Tarbiya daftari
Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.