|
Darsliklar va mashq daftarlarini bepul foydalanishga berish toʻGʻrisidagi shartnoma
|
bet | 2/11 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 26,99 Kb. | | #114213 |
Bog'liq 173. Дарслик шартнома 2-синф (1)
Maktab quyidagilarga majbur:
Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar yoki mashq daftarlarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
Foydalanuvchini darsliklar yoki mashq daftarlardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Olingan darsliklar yoki mashq daftarlarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
Darsliklar yoki mashq daftarlarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
Darsliklar yoki mashq daftarlar yoʻqolgan yoki keyinchalik
Foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki mashq daftarlar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
Birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.
Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun
javobgarlikdan ozod etiladi.
|
| |