O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
STATISTIKA
Toshkent 2004
Statistika. (darslik). Toshkent.: “Ibn Sino”, 2004, 354 bet.
Darslik statistika fani bo’yicha tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlangan va davlat ta’lim standartlariga mos keladigan dastur asosida yozilgan va moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, kasb ta’limi yo’nalishlariga mo’ljallangan bo’lib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qismda statistika tushunchasi, predmeti, metodlari, tashkil etilishi, statistik kuzatish, guruhlash va jamlash, indeks, korrelyatsiya, regressiya, balans metodlari, ya’ni statistika umumiy nazariyasi masalalari yoritilgan. Ikkinchi qismda esa makroiqtisodiy jarayonlar(xarajatlar, daromadlar, milliy boylik, aholi va mehnat resurslari, yalpi ishlab chiqarish va xizmatlar, ijtimoiy soha,samaradorlik, moliya-kredit) statistikasi ko’rsatkichlari statistik tahlil qilingan.
Darslikda asosiy tayanch iboralar va talaba olgan bilimini sinab ko’rishi uchun savol va topshiriqlar keltirilgan.
Kitob bozor iqtisodiyotini o’rganuvchi barcha moliya-iqtisod ixtisosligi talabalari, aspirantlari, ilmiy izlanuvchilari hamda moliya va bank institutlari mutaxassis-amaliyotchilariga foydali bo’lishi mumkin.
Mualliflar:
Iqtisod fanlari doktorlari, professorlar X.Shodiev, Yo.Abdullaev, Z.Toshmatov, iqtisod fanlari nomzodlari, faxriy professorlar M.Xamroev, X. Xo’jaqulov, katta o’qituvchilar T.Boltaev, R.Urunov
Taqrizchilar:
Texnika fanlari doktori, professor I.Xabibullaev – Soliq akademiyasi, informatsion texnologiya kafedrasi.
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent B. Usmanov – Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, statistika kafedrasi
Ш 0702000000 - 38
М354(04) - 2004
ISBN 5-638-01553-1
|