Toshkent moliya instituti statistika




Download 1,13 Mb.
bet5/206
Sana04.01.2024
Hajmi1,13 Mb.
#129927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi mumkin.

O’rganilayotgan ob’ektning belgilari to’plamning hamma birliklari uchun umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o’rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu erdan ikkita yangi to’plam paydo bo’ladi. Bu to’plamlarga kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi.
To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bo’lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bo’lgan ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i tug’ilish masalasidan qarasak bu to’plam bir hil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug’a olmaydi.

    1. Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bo’linadi.

Miqdoriy ifodaga ega bo’lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan, ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k.
Agarda belgida, mohiyati bo’yicha teskari variant mavjud bo’lsa, bunday belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda, savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi.
Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan (tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat o’ziga bog’liq omillar (uning ma’lumot, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil, ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo’lishiga olib keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda, o’rganilayotgan belgining o’zgarishi turli davrlarga to’g’ri kelsa (oy, yil) bunday o’zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.


    1. Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent moliya instituti statistika

Download 1,13 Mb.