Toshkent moliya instituti statistika




Download 1,13 Mb.
bet2/206
Sana04.01.2024
Hajmi1,13 Mb.
#129927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
Bog'liq
4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

Toshkent Moliya instituti, 2004
KIRISH

Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan mamlakatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim va statistika tizimini chetlab o’tgani yo’q. Hozirgi paytda Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirildi, ya’ni «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qilindi, Kadrlar tayerlash Milliy dasturi yaratildi, ta’lim standartlari ishlab chiqildi va h.k. Statistikaning roli kundan-kunga oshib borayotganligini hisobga olgan holda 2002 yil


12 dekabrda «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi, 2002 yil 24 dekabrda Respublika Prezidentining farmoni bilan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning negizida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tashkil qilindi.
Mazkur darslik moliya-kredit, bank ishi, xalqaro valyuta kredit munosabatlari, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, sug’urta, marketing, menejment va boshqa ta’lim yo’nalishlarida o’qiyotgan talabalarga mo’ljallangan. Bu darslikning mutaxassislarni tayyorlash yo’nalishiga qarab yozilishini, uning mazmuni va tarkibini, nazariy va amaliy (ayrim paytlarda tashkiliy) masalalarini yoritishni, printsipial holatlarini misollar yordamida ko’rsatib berishni oldindan belgilab berdi.
Darslik ikki qismdan iborat. Birinchi qismda (1-9 boblar) statistika nazariyasi va metodologiyasi masalalari batafsil yoritilgan, ya’ni statistik kuzatish, jamlash, guruhlash, tanlanma kuzatish, mutlaq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika qatorlarini statistik o’rganish usullari, indeks metodi, korrelyatsion va regression tahlil metodlari va boshqalar ko’rib chiqilgan. Statistika metodologiyasi amaliy misollar bilan to’ldirilganligi darslikni ilmiy-amaliy qadriyatini oshiradi va uni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishni osonlashtiradi.
Darslikning ikkinchi qismi – makroiqtisodiy statistika masalalarini yoritishga bag’ishlangan. Bu bo’limda talabalar korxona va tashkilotlarning xarajatlari va moliyaviy natijalari, aholi va mehnat resurslari, milliy boylik, yalpi ishlab chiqarish va xizmatlar, daromadlar, aholi turmush darajasi, iqtisodiy samaradorlik va moliya statistikasi ko’rsatkichlarining mohiyati va ahamiyati hamda aniqlash texnologiyasi va ularni iqtisodiy-statistik tahlil qilish metodlari bilan tanishadilar.
Darslikning maqsadi – makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashni va ularning tarkibini, dinamikasini, o’zaro bog’liqligini, ularga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashda va tahlil qilishda maqsadga muvofiq bo’lgan iqtisodiy-statistik metodlarni qo’llash hamda statistik tahlil yordamida mavjud imkoniyat va ishlatilmayotgan zahiralarni aniqlab ularni tezkor moliya-xo’jalik oborotiga kiritish yo’llarini o’rgatishdir.
Darslikning 1.3 paragrafi i.f.n., O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan iqtisodchi, dotsent A.Nabixo’jaev, 6-bobi i.f.n., dotsent J.Jabborova tomonidan yozilgan. 16-bob
D. Shodieva, N. Shodieva va M. Egamovalar bilan hamkorlikda yozilgan.

Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent moliya instituti statistika

Download 1,13 Mb.