Buxgaltyerlik (moliyaviy) hisobot




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

Buxgaltyerlik (moliyaviy) hisobot-hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari, 
tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami. 
Moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosi 
hisoblangan muhim tamoyillardan biridir.
Ishonchlilik nafaqat buxgaltyerlik hisobi axborotlari, balki hisobning boshqa turlari, eng 
avvalo statistik hisob ma’lumotlariga asoslanadi. Ushbu yondoshuvning buzilishi biznes-reja tuzish, 
Hisobotning ahamiyati – uning: 
ishonchliligi 
to’liqligi
oz vaqtidaligi 
tekshiriluvchanligi
oddiyligi
taqqoslanuvchanligi
tejamliligi
e’lon qilinishi
qat’iy belgilangan
tartibda rasmiylashtirilishi 


218 
xo‘jalik faoliyatining turli pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa chiqaradi. 
Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini talab etadi.
To‘liqlik aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Shu 
maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik 
tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
O‘z vaqtidalik zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga belgilangan muddatlarda taqdim 
etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar (budjet tashkilotlaridan 
tashqari) barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida moliyaviy 
hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida, 
agar boshqacha muddat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim 
etilishi lozim. U mulkdorlarning ta'sis hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotning oddiyligi uning qisqa va tushunarliligidan iborat. Buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning tekshirishga qulayligi unda taqdim etilgan axborotning istalgan vaqtda 
tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning 
betarafligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta'minlash maqsadida hisob 
siyosatiga o‘zgarishlar moliyaviy yilning boshida kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan oldingi davr uchun 
ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kyerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini 
huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar 
qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan iborat.
Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tuzatishlar sababi 
ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim. 
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi, ya'ni u korxonaning 
o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi, uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy 
bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini 
ham o‘z ichiga olishi lozim.
Taqqoslanuvchanlik kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash maqsadida har xil vaqt 
oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjudligini nazarda tutadi.
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini aniqlash uchun zarur. 
Lekin, undan foydalanishda axborotlarning foydalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin 
emas. Bu esa noto‘g‘ri xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida 
ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish tuzulmasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror 
qabul qilgan va shu munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy 
hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda 
ko‘rish mumkin.
Ushbu yondoshuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan o‘tgan davrdagi 
va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim.

Download 4,92 Mb.
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish