|
-«Favqulodda foyda va zararlar» schyoti bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi Pdf ko'rish
|
bet | 251/371 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #102937 |
Bog'liq Buxgalteriya9700-«Favqulodda foyda va zararlar» schyoti bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi
№
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlar
korrespondentsiyasi
debet
kredit
1. Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar ortiqchaligining
aniqlanishi
0710-0720,
0810-0890,
1010-1090
9710
2. Tabiiy ofatlar natijasida tovarlar ortiqchaligining aniqlanishi
2910
9710
3. Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar kamomadining
aniqlanishi
9720
0710-
0720,
0810-
0820,
1010-
1090
4. Tabiiy ofatlar bo‘yicha xarajatlarning to‘lanishi
9720
5010,
5110,
5210
5. Hisobot davri oxirida favqulodda foydaning yakuniy moliyaviy natijaga
o‘tkazilishi
9710
9900
6. Hisobot davri oxirida favqulodda zararning yakuniy moliyaviy natijaga
o‘tkazilishi
9900
9720
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan
daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining farqidir.
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida
hisobga olib boriladi. Ushbu schyot tranzit bo‘lib, aktiv-passiv schyot xarakteriga ega. Schyotning
debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu schyotning debet va kredit oborotlarining
farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar bo‘lgan
foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»,
9820-«Boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarida foyda (daromad)dan hisoblangan
umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi
provodka orqali chegirib tashlanadi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9810, 9820.
Ushbu muomaladan so‘ng 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan summa
korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi
provodka orqali 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga
o‘tkaziladi:
- sof foyda summasiga:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
- zarar summasiga:
D-t 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
|
| |