yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar,
yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini
sotishdan olingan
daromadlar;
- da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan
chiqarishdan olingan
daromadlar;
- tovar-moddiy boyliklarni qayta
baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
-
xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa muomala daromadlari.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»
9340-«O‘tgan yil foydasi»
9350-«Operativ lizingdan olingan daromad»
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»
9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari»
9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»
9390-«Boshqa operatsion daromadlar».
Ushbu schyotlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi schyotlarning
kredit oboroti foyda
(daromad)ning ko‘payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi.