1.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi. Lekin
yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini baholab bo‘lmaydi.
Bunday universal ko‘rsatkichning bo‘lishi ham mumkin emas. Aynan shuning uchun korxonaning
ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu
bilan birga uning miqdori va o‘zgarishga korxonaning xarajatlariga bog‘liq bo‘lgan hamda bog‘liq
bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlantiruvchi funktsiyasini bajaradi. Buning mazmuni
shundan iboratki, foyda bir vaqtning o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining
asosiy elementi hisoblanadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan
foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin korxona
ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning
ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish uchun
yetarli bo‘lishi kerak.
2.
Foyda turli darajadagi byudjetlarni rag‘batlantirish manbalaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan
bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o‘z faoliyatini
bajarishni ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarini
amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga intilish tovar
ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga,
ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat sharoitida bu orqali
nafaqat tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishiga ham erishiladi.
Zararlarning ham o‘z o‘rni bor. Ular mablag‘larni yo‘naltirishda, ishlab chiqarishni tashkil qilishda
va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi.
Foydaga iqtisodiy kategoriya sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda gapiriladi. Lekin
korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashtirishda hamda baholashda, korxona
ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda foydaning aniq ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu
korxonaning mahsulot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va sotish
bilan bog‘liq bo‘lmagan foydalari (zararlari) yig‘indisidir. Mahsulot sotish deyilganda, nafaqat,
natural-moddiy shaklga ega bo‘lgan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, balki ishlarni bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda korxonaning barcha
xo‘jalik operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va balans moddalarini baholash asosida aniqlanadi.
Foyda atamasining ishlatilishi shu bilan bog‘liqki, korxona ishining yakuniy moliyaviy natijasi
uning chorak, yil yakuni bo‘yicha tuziladigan balansida aks etadi.
Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
- moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish;
- olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisob-kitob qilish;
- moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini buxgalteriya hisobi
schyotlarida va tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirish.
Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini
aniqlash maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar
ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga ham o‘zining ta’sirini
o‘tkazadi.
Foydaning quyidagi turlari bor:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda;
2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda);
3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
4.
Favqulodda olingan foyda;