K-t Pul mablag‘lari schyotlari.
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga qizil storno yozuvi orqali quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 9110, 9120, 9130-schyotlar
K-t 2810, 2910, 2920-schyotlar.
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Hisobot davri oxirida 9040-schyotning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi».
9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotida tayyor mahsulot va
tovarlar qiymatidan xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi. Xaridor va
buyurtmachilarga chegirmalar berilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar»
K-t 4010, 4110-schyotlar.
Hisobot davri oxirida 9050-schyotning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi
to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi»
9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi»
9130-«Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi»
9140-«Davriy hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish»
9150-«Davriy hisobda TMZlar bahosiga tuzatishlar».
Ushbu schyotlarning debeti ko‘payishni, krediti kamayishni ko‘rsatadi. 9110, 9120, 9130-
schyotlar tranzit bo‘lib, hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 9110,
9120, 9130-schyotlarning debeti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2810-«Ombordagi tayyor
mahsulot», 2910-«Ombordagi tovarlar» schyotlarining krediti bilan o‘zaro korrespondentsiyada aks
ettiriladi.
Oy oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi
tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
D-t 2810, 2820-schyotlar - tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga
D-t 9110, 9130-schyotlar - sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga tegishli farq summasiga
K-t 2010, 2310-schyotlar.
Agar ushbu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi provodkalar
beriladi. Agarda tejalgan summani ko‘rsatsa, ushbu provodkalar qizil storno yozuvi orqali reja
tannarx haqiqiy tannarxga yetkazib quyiladi.
Hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130-schyotlarning debet oborotlaridagi summalar yakuniy
moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9110, 9120, 9130-schyotlar.
Demak, 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetida sotilgan mahsulot, ish va
xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan sof
tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9900-schyotning debet va kredit oborotlarining
farqi orqali mahsulot, ish, xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.