3. Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi
9900
9610,
9620,
9630,
9640,
9650,
9690
20.5. Favqulodda foyda va zararlar hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisobi
Favqulodda foyda moddalari - bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa
yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi
muomalalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning
favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi
kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga
chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan
odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak
bo‘lgan o‘tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi
mezonlarga javob berishi kerak:
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Tegishli moddalarni favulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul
qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda - iqlim sharoitlariga bog‘liq
holdagi ishlamay turib kolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir
necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Favqulodda foyda va zararlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9710-«Favqulodda foyda»
9720-«Favqulodda zarar».
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, 9710-schyot-passiv, 9720-schyot-aktiv xarakterga ega.