10
3,140
22
5,998
11
3,358
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari,
miqdorlarini mustaqil belgilaydilar. Ayni vaqtda korxonalar mehnatga haq to‘lashning qonun bilan
kafolatlangan eng kam miqdorini ta’minlashi lozim.
Ish haqi mehnat uchun to‘lanadigan haqning hamma turlarini, shu jumladan, mablag‘ bilan
ta’minlash manbaidan qat’iy nazar, pul yoki natura shaklida hisoblangan har xil mukofotlarni,
qo‘shimcha haqlarni, ustama haqni va ijtimoiy imtiyozlarni, shuningdek, xodimga ishlanmagan vaqt
uchun to‘lanadigan haqlarni (ta’til haqi, bayram kunlari va hokazolar uchun) o‘z ichiga oladi.
Ish haqi o‘z tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
-
asosiy ish haqi;
-
qo‘shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to‘lanadigan haq bo‘lib, uning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
tarif stavkalari va maoshlar, ishbay narxlar uchun to‘lanadigan haq;
-
ishchilarning aybi bo‘lmagan va bekor turib qolishlar uchun to‘lanadigan haq;
-
tunda ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq;
-
akkord usulida to‘lanadigan haq;
-
ish haqi fondidan to‘lanadigan mukofotlar;
-
dam
olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun
odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun
ishchilarga yuqori narxlar
bo‘yicha to‘lanadigan qo‘shimcha haq.
Qo‘shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to‘lanadigan haq bo‘lib, uning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
ta’tillarga to‘lanadigan asosiy va qo‘shimcha haq;
-
o‘smirlarga imtiyozli soatlar uchun to‘lanadigan haq;
-
davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq;
-
tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.
Hozirgi sharoitda ishchi va xodimlarga to‘lanadigan ish haqi shakllari ham rang-barangdir.
O‘uyidagi jadvalda ish haqi to‘lashning shakllari keltirilgan:
Ish haqi to‘lash shakllari
Ishbay
Vaqtbay
Oddiy ishbay
Ishbay-mukofot
Ishbay-progressiv
Bilvosita ishbay
Akkord
Oddiy vaqtbay
Vaqtbay-mukofot
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi
narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi.
Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko‘paytirish yo‘li
bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo‘yicha ish haqidan tashqari ma’lum ishlab
chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi,
moddiy
boyliklar tejalgani va hokazolar.
Ishbay-progressiv shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang‘ich me’yor doirasida
bevosita ishbay narxlar bo‘yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo‘yicha haq
to‘lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo‘yicha aniqlanadi.
Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo‘yicha belgilanib, xizmat ko‘rsatayotgan
uchastkadagi o‘rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko‘paytirilishi mumkin.
Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini
belgilaydi hamda akkord
topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Bunda
ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan
mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo‘llaniladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq to‘lanadi.
Oddiy vaqtbay shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq
olishadi.
Vaqtbay-mukofot shaklida tarif stavkalari bo‘yicha ish haqidan tashqari muayyan miqdor va
sifat ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun qo‘shimcha ravishda mukofot to‘lanadi.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to‘lovlari va
rag‘batlantirish to‘lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
-
yillik ish yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish;
-
muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag‘batlantirish;
-
korxonalarning o‘qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyalari;
-
davolanish uchun beriladigan yo‘llanmalar qiymati;
-
mehnat jamoasi a’zolariga aktsiyalar uchun to‘lanadigan dividendlar va boshqalar.