3-guruh uchun:
1.5-mashq. Quyidagi buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni guruhlarga
ajrating.
Bosh buxgalter, menejerlar (boshqaruvchilar), mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilar, omborchi, kassir, ta’sischilar, banklar, soliq inspeksiyasi, statistika organi,
xaridorlar.
Ichki
foydalanuvchilar
Tashqi foydalanuvchilar
Bevosita moliyaviy
manfaatdor
Bilvosita moliyaviy
manfaatdor
Moliyaviy
manfaatdor
bo‘lmagan
366
1.6-mashq. Quyida berilgan aktivlar (xo‘jalik mablag‘lari) va passivlar (xo‘jalik
mablag‘lari manbalari)ni guruhlang:
1. Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar
bo‘yicha qarz
9. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
2. Soliqlar bo‘yicha qarz
10. Tayyor mahsulotlar
3. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari 11. Ustav kapitali
4. Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan
schyotlar
14. Moddiy zararlar bo‘yicha xodimlarning
qarzlari
5. Xaridorlardan olingan bo‘nak(avans)lar
12. Ofis jihozlari
6. Transport vositalari
13. Taqsimlanmagan foyda
7. Patentlar
15. Ehtiyot qismlar
8. Ko‘p yillik ekinlar
16. Tovarlar
Guruhlash natijalarini quyidagi jadvalda aks ettiring va sharhlang.
Aktivlar (xo‘jalik mablag‘lari)
Passivlar (xo‘jalik mablag‘lari manbalari)
Uzoq muddatli aktivlar
Joriy aktivlar
Uzoq muddatli aktivlar
Joriy aktivlar
Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchovlarni ayting?
Hisobning turlari, ularning farqlari va umumiyligi nimalardan iborat?
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalarini ta’riflang?
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar haqida tushuncha bering?
Buxgalteriya hisobining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini ayting?
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini tashkil etishni tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy
hujjatlarni aytib bering?
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Buxgalteriya hisobining predmetini ta’riflang.
Buxgalteriya hisobining obyektlari nimalardan iborat?
Xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari (aktivlar) ni guruhlashning mohiyati nimadan
iborat?
Mablag‘lar manbalari (passivlar) ni guruhlashning mazmunini ta’riflang?
367
Buxgalteriya hisobi metodining mohiyati va uning elementlari qanday?
“Blits-so‘rov” uchun savollar:
1) “Buxgalteriya balansi” mazmunini aytib bering?
2) Buxgalteriya balansining turlari va tasniflanishi haqida tushuncha bering?
3) Xo‘jalik muomalasi ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aytib bering?
4) Buxgalteriya schyotlari hamda ularning turlari haqida tushuncha bering?
“Sindikat guruhlar”da yechish uchun test savollari.
1-guruh uchun:
1. Buxgalteriya balansi aktivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
V) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar
S) Asosiy aktivlar, xususiy kapital
D) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar
2. Buxgalteriya hisobining schyotlari ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish
V) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish;
aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi
S) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat
qilish va boshqarish uchun, ularni joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga
keltirish usuli
D) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar
3. Ikki yoqqlama yozuv deb nimaga aytiladi?
A) Hisobot davri oxirida schyotda qoladigan qoldiq
V) Aktiv schyotning debet tomoniga joriy davrda yozilgan summalarning yig‘indisi
S) Passiv schyotning kredit tomoniga joriy davrda yozilgan summalarning yig‘indisi
D) Xo‘jalik muomalasi ta’sirida summaning bir schyotning debet, ikkinchi schyotning
kredit tomonida o‘zaro aloqadorlikda aks ettirilishi
2-guruh uchun:
1. Buxgalteriya balansi passivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Asosiy aktivlar, xususiy kapital
V) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar
S) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
D) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar
368
2. Aktiv schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini hisobga oladigan schyotlar
S) Xususiy kapitalni hisobga oladigan schyotlar
D) Majburiyatlarni hisobga oladigan schyotlar
3. Sintetik schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat
mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
S) xo‘jalik mablag‘lari, manbalar va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
faqat natura o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
D) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech
qanday o‘lchovlarsiz hisobga oladigan schyotlar
3-guruh uchun:
1. Buxgalteriya balansidagi tip o‘zgarishlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Aktivda ko‘payish va passivda kamayish; aktiv va passiv bir xil summaga
kamayadi; aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi
V) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish;
aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi
S) Passivda kamayish va aktivda ko‘payish; aktivda ko‘payish va aktivda kamayish;
passivda ko‘payish va passivda kamayish
D) Aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga
kamayadi; aktivda ko‘payish va passivda kamayish; passivda ko‘payish va aktivda
kamayish
2. Passiv schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini hisobga oladigan schyotlar
S) Uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar
D) Joriy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar
3. Analitik schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan
va ularni pul, natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
S) xo‘jalik mablag‘lari, manbalar va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
faqat natura o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
D) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech
qanday o‘lchovlarsiz hisobga oladigan schyotlar
2.1-mashq. 20__ yil 1 aprel holatiga “Turon” agrofirmasida buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bo‘yicha quyidagi schyotlarda qoldiq (saldo) lar mavjud:
|