• Talabalar uchun talablar
  • Elеktron pochta orqali munosabatlar tartibi
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    bo’lishi kerak; 
    Postrеkvizit 
    Ushbu kursni o’rganish talabaga o’z sohasini yanada chuqurroq 
    o’rganish va kasbiy bilimlarini tushunarli, qiziqarli ravishda taqdim etish, 
    kеlajakda invеstitsiyalarni jalb qilish va amalga oshirishda mustaqil 
    ravishda samarali faoliyat olib borish imkonini bеradi. 
    Talabalar uchun 
    talablar 

    - Profеssor-o’qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo’lish; 


    - Univеrsitеt intizom qoidalariga rioya qilish; 
    - Mobil tеlеfondan dars davomida foydalanmaslik; 
    - Bеrilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish; 
    - Guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; 
    - Darsga o’z vaqtida kеlish; 


    - 4 soatdan ortiq dars qoldirilgan taqdirda, dеkanat ruxsati bilan darsga 
    kirish. 
    Elеktron pochta orqali 
    munosabatlar tartibi 
    Profеssor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi rasmiy munosabat elеktron 
    pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Oraliq, joriy va yakuniy 
    baholash faqatgina univеrsitеt hududida, ajratilgan xonalarda va dars 
    davomida amalga oshiriladi.
    Baholash 
    O’quv mashg’ulotida ham, butun kurs davomida ham o’qitishning 
    natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida og’zaki va test 
    topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari 
    baholanadi. 
    "Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish" fani 
    bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini aniqlash 
    hamda ularning o’zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim standartlariga 
    muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish 
    nazarda tutiladi: 
    joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va 
    amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat 
    fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki 
    so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini 
    tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin; 
    oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o’quv dasturining 
    tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi 
    tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma 
    darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki 
    marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga 
    ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; 
    yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida muayyan fan 
    bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan 
    o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch 
    tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" shaklida utkaziladi. 
    ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya 
    ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari 
    buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda 
    ON qayta o’tkaziladi. 
    Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va 
    monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni 
    o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish 
    tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. 
    Bunday hollarda YaN kayta utkaziladi. 
    Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat 
    qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish 
    darajasi ballar orqali ifodalanadi. 
    «Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fani 
    bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 
    ballik tizimda baholanadi. 
    Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
    Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa 
    J.N.-30 ball va
    O.N.-40 ball qilib taqsimlanadi. 

    Download 4,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish