DAVLAT TEST MARKAZI
KIMYO
2019–yil
TEST TOPSHIRIQLARI TO'PLAMI
DAVR PRESS NMU
Toshkent – 2019
UDK 54(079,1)
KBK 24,1v6
Tuzuvchilar:
Davlat test markazi
K–42 Kimyo. 2019–yil. Test topshiriqlari to‘plami. [Matn]: amaliy qo‘llanma /
Davlat test markazi. – Toshkent: Davr Press, 2019. – 128 bet.
ISBN 978–9943–6079–5–8 UDK 54(079,1)
KBK 24,1v6
To‘plamdan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2019–2020–o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan. To‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
To‘plamdagi test topshiriqlarini ko‘paytirish va tarqatish qat’iy taqiqlanadi.
Test topshiriqlari mazmuni bo‘yicha takliflar va fikr–mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
ISBN 978–9943–6079–5–8
© Davlat test markazi, 2019.
© Davr Press NMU, 2019.
K I R I S H
To‘plamdan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2019–2020–o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan. Test topshiriqlari mazkur fan bo'yicha umumiy o‘r ta m aktab hamda akademik litsey va kasb–hunar kollejlari o‘quv dasturlarida keltirilgan mavzular doirasida shakllantirilgan. To‘plam o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, to‘plamda testologiya sohasida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritayotgan fan mutaxassislari tomonidan fan mavzularini o'zlashtirish, test topshiriqlarini yechish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berilgan.
To‘plamning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, kelgusida abituriyent fan mavzularini qay darajada o‘zlashtira olganligini tekshirishga imkon beruvchi onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Tizimdan foydalanishda to‘plamga ilova qilingan javoblar varaqalari yordam beradi. Xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotni Davlat test markazining http://dtm.uz rasmiy saytidan olish mumkin.
Abituriyentlarning o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirib borishlaridagi faolliklari keng amoatchilik bilan Davlat test markazi o4rtasidagi muloqotni rivojlantiradi va bu o‘z navbatida test topshiriqlari bazasi hamda test sinovlari jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Barcha abituriyentlarga omad tilagan holda, ushbu to‘plam fan bo'yicha bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun xizmat qilishiga umid qilib qolamiz.
|