Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019




Download 2,32 Mb.
bet8/25
Sana14.05.2024
Hajmi2,32 Mb.
#230559
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
DTM-2019 word

KIMYOVIY BOG‘LANISHLAR

1 . Qaysi javobda keltirilgan barcha modda (yoki ion) larda kovalent bog‘ mavjud?


A) Mg, HNO3 В) NH4+ , H2O C) NaJ, SO3 D) PO43–, CsF

2 . Qaysi javobdagi barcha moddalar qutbli kovalent bog‘lanishga ega?


A) CO2, Cl2, H2S B) NO2, O2, HF C) NH3, PCl3, H2O D) O3, S8, P4

3. Qaysi birikmalardagi kimyoviy bog‘lar to‘yinuvchanlik va yo'naluvchanlik xossasiga ega?


1) NH3 ; 2) LiH ; 3) CaH2 ; 4) C2H4 ; 5) CrCl3 ; 6) SiH4.
A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 5

4. Qaysi moddalar jufti qattiq holatda molekular kristall panjaraga ega?


A) Cl2, NaCl B) H2O, SiO2 C) KI, NaJ D) CO2 , NH3

5. Qaysi molekula tarkibida π – bog’ uchraydi?


A) Cl2 B) NH3 C) CO2 D) SiO2

6. Quyidagi moddalarni bog‘ energiyasi ortish tartibida joylashtiring.


1) HCl; 2) HF; 3) HJ 4) HBr.
A) 2, 1, 3, 4 B) 2. 1, 4, 3 C) 3, 4, 1, 2 D) 4, 3, 1, 2

7. Metall, kovalent va ion bog‘lanishli moddalar ketma – ketligini toping.


А) Bе, SO3, CaF2 B) Sn, N2, H3РО4
C) Ag2S, O3, NaCl D) Сu, HCl, PH3

8. Metall, kovalent va ion bog‘lanishli moddalar ketma – ketligini toping.


A) O3, N2O5, Li3РО4 B) Na, K2O, MgSO4
C) Сu, SiH4, CsF D) K2S, P4, CaCl2

9. Metall, kovalent va ion bog‘lanishli moddalar ketma – ketligini toping.


A) Zn, HF, NH3 B) Ag, NO2, SrF2
C) Ag2S, S8, KI D) Pb, F2, H3AsO4

10. Metall, kovalent va ion bog‘lanishli moddalar ketma – ketligini toping.


A) N2, BaF2, BaSO4 B) Li, Na3N, MgS
C) Au, CH4, NaCl D) O3, N2O5, Li3PO4

11. Ozon (1) va olmos (2) ning kristall panjaralarini aniqlang. a) atom; b) molekular.


A) 1–b; 2–b B) 1–b; 2–a C) 1–a; 2–b D) 1–a; 2–a

12. Qaysi javobdagi barcha moddalar ion bog‘lanishga ega?


A) Ca3P2, Li3N, CCl4 B) MgF2, Ba(NO3) 2, KOH
C) H33, H2S, FeO D) NH4Cl, K, Na2O

13. A12(SO4) 3 molekulasi tarkibidagi ion va kovalent bog‘lar sonini aniqlang.


A) 6 va 12 B) 9 va 15 C) 6 va 18 D) 8 va 16

14. Quyidagi qatorda bog‘ uzunligi qanday o‘zgaradi? a) ortadi; b) kamayadi.



A) 1–b; 2–a; 3–b B) 1–b; 2–b; 3–a C) 1–a; 2–b; 3–a D) 1–a; 2–a; 3–b

15. Quyidagi qatorda bog‘ qutbliligi qanday o‘zgaradi? a) ortadi; b) kamayadi.



A) 1–b; 2–b; 3–a B) 1–b; 2–a; 3–b
C) 1–a; 2–a; 3–b D) 1–a; 2–b; 3–a

16. NH3 va AsH3 molekulalaridagi bog’ uzunliklari mos ravishda 0,101 nm va 0,151 nm bo’lsa, РH3 va SbH3 molekulalari tarkibidagi bog’ uzunliklari (nm) qanday bo’lishi mumkin?


A) 0,170 va 0,161 B) 0,126 va 0,141
C) 0,142 va 0,170 D) 0,074 va 0,161

17. Brom molekulasining bog‘ energiyasi 193 kJ/mol bo‘lsa, yod va vodorod molekulalarining bog‘ energiyalari qanday (kJ/mol) bo‘lishi mumkin?


A) 297 va 436 B) 151 va 436 C) 151 va 136 D) 156 va 171

18. molekulasidagi uglerod – uglerod bog‘ uzunligi o‘ngdan chapga tomon qanday o‘zgaradi?


A) ortadi; kamayadi B) kamayadi; kamayadi
C) kamayadi; ortadi D) ortadi; ortadi

19. Bog‘ karraliligi (bir xil atomlar o‘rtasida) ortishi bilan bog’ uzunligi va bog’ energiyasi qanday o‘zgaradi?


A) kamayadi; kamayadi B) ortadi; kamayadi
C) ortadi; ortadi D) kamayadi; ortadi

20. F2 ­ O2  N2 qatorida bog‘ energiyasi va bog’ karraliligi qanday o‘zgaradi?


A) ortadi; ortadi B) kamayadi; ortadi
C) ortadi; kamayadi D) kamayadi; kamayadi

21. N2  O2  F2 qatorida bog‘ karraliligi va bog‘ energiyasi qanday o‘zgaradi?


A) kamayadi; kamayadi B) ortadi; kamayadi
C) ortadi; ortadi D) kamayadi; ortadi

22. SCl4 va SCl2 molekulalari tarkibidagi markaziy atomlarning gibridlanish turini aniqlang.


A) sp2d va sp3 B) sp3 va sp3d C) sp3 va sp D) sp3d va sp3

23. Brom atomining kovalent radiusi 114 pm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent radiusi 30 pm ga teng bo‘lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalarni (pm) aniqlang.


A) 228; 144 B) 60; 288 C) 228; 60 D) 144; 228

24. NH3 + H+  NH4+ jarayonda quyidagilardan qaysi biri o'zgaradi?


A) markaziy atomning oksidlanish darajasi B) markaziy atomning gibridlanishi
C) umumiy elektronlar soni D) markaziy atomning valentligi

25. H2O + H+  H3O+ jarayonda quyidagilardan qaysi biri o‘zgarmaydi?


A) markaziy atomning valentligi B) umumiy protonlar soni
C) zarrachaning fazoviy shakli D) markaziy atomning gibridlanishi

26. Markaziy atomi sp3tipda gibridlangan, qutbli kovalent bog’lanishli qutbsiz molekulani aniqlang.


A) NH3 B) H2O С) СCl4 D) SF4

27. Markaziy atomi sp – tipda gibridlangan qutbsiz molekulani aniqlang.


A) SiO2 B) CO2 C) SiH4 D) PCl3

28. Markaziy atomi sp2 – tipda gibridlangan, qutbli bog‘li qutbsiz molekulani toping.


A) BF3 B) PH3 C) NCl3 D) NH3

29. Cu(NO3) 2 • 3H2O tarkibida qanday bog‘lar mavjud?


1) qutbli kovalent; 2) qutbsiz kovalent; 3) donor – akseptor;
4) vodorod; 5) metall; 6) ion.
A) 2, 4, 6 В) 1, 3, 4, 6 С) 1, 3, 5, 6 D) 1, 5, 6

30. Perxlorat kislota molekulasidagi taqsimlanmagan juft elektronlar sonini belgilang.


A) 7 B) 8 C) 6 D) 5

31. Bog‘i qutbli, molekulasi qutbsiz bo‘lgan moddani belgilang.


А) СH4 B) SO2 C) H2O D) NH3

32. Quyidagi qaysi elementlar orasidagi bog‘ eng kuchli qutblangan?


A) xlor–vodorod B) oltingugurt–vodorod
C) fosfor–vodorod D) uglerod–vodorod

33. Qaysi moddalar qatorida elektron zichlik azot atomi tomon siljigan?


A) N2O, NH3 B) NCl3, NO2 C) AlN, NH3 D) NO, NH3

34. Molekular kristall panjarali moddalar qatorini belgilang.


A) NaCl, F B) Si, Ge C) CO2, Si D) S8, O3

35. Qutbli kovalent bog‘lanishga ega, atom kristall panjarali moddani belgilang.


A) NH3 В) CO2 C) Ge D) SiO2

36. Pirofosfat kislota molekulasida oddiy va qo‘sh bog‘lar nisbati qanday bo‘ladi?


A) 6:1 B) 5:1 C) 4:1 D) 3:1

37. Quyidagi qaysi xususiyatlar Cl2O va F2O uchun umumiy?


1) markaziy atomning valentligi; 2) kimyoviy bog‘lanishlar soni;
3) molekulaning fazoviy tuzilishi; 4) markaziy atomning oksidlanish darajasi.
A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3

38. СH4 va GeH4 larning qaynash haroratlarini bilgan holda SiH4 ning qaynash haroratini toping.


( Tqay(CH4) = – 161°C; Tqay(GeH4) = – 88°C
A) –20°C B) –112°C C) –40°C D) –190°C

39. C4Hx molekulasida umumiy bog‘lar 10 ta bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang.


A) 10 B) 8 C) 4 D) 6

40. Perxlorat kislota molekulasidagi σ – bog‘lar sonini ko‘rsating.


A) 5 B) 3 C) 4 D) 6

41. Quyidagi molekulalarni ularning tarkibidagi qutbsiz kovalent bog‘lar soni kamayib borish tartibida joylashtiring. 1) H3РО2 ; 2) (CN) 2; 3) С4H10 ; 4) Na2SO3.


A) 4, 2, 1, 3 B) 4, 2, 3, 1 C) 2, 3, 1, 4 D) 3, 1, 2, 4

42. Kristall panjaralari bir xil bo‘lgan moddalar keltirilgan qatorni ko‘rsating.


A) natriy sulfat, vodorod, vodorod sulfid B) ammiak, kaliy sulfid, vodorod
C) natriy fosfat, vodorod, kislorod D) litiy ftorid, natriy fosfat, sariq qon tuzi

43. Noma’lum alkanning yonish reaksiyasida reagentlarning uzilgan qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lari soni 1:1 nisbatda bo‘lsa, alkanni aniqlang.


A) propan C) etan B) metan D) butan

44. Molekulasi tarkibida 6 ta σ – bog’ (kovalent bog‘lanish) mavjud moddalarni tanlang.


1) natriy sulfat; 2) selenat kislota; 3) natriy gidrofosfit;
4) mis (II) – gidroksosulfat; 5) natriy asetat; 6) azot (III) – oksid.
A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6

45. Quyidagi jadvaldan foydalanib, y/x ni toping.



Modda

Massasi (g)

Qutbsiz kovalent bog‘lar soni

Kislorod

x

n

Oq fosfor

y

24n

A) 30 B) 31 C) 32 D) 20

46. Quyidagi jadvaldan foydalanib, oddiy efir molekulasidagi qutbli bog‘lar sonini toping.



Oddiy efir

C – H bog‘lar soni

С – C bog'lar soni

X

A + 7

a – 2

A) a + 8 B) a + 5 C) a + 9 D) a + 10

47. Noma’lum alken molekulasidagi protonlar soni 24 ta bo‘lsa, molekuladagi qutbli kovalent bog‘lar sonini aniqlang.


A) 8 B) 6 C) 4 D) 2

48. Massasi 15 g bo‘lgan alkandagi uglerodning massasi 12 g bo‘lsa, alkan molekulasidagi qutbli kovalent bog‘lar sonini aniqlang.


A) 12 C) 10 B) 8 D) 6

49. Brom molekulasidagi bog‘ uzunligi 0,17 nm, HBr dagi bog‘ uzunligi esa 0,135 nm. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib vodorod molekulasidagi bog’ uzunligini (nm) hisoblang.


A) 0,85 C) 0,10 B) 0,05 D) 0,114

50. Vodorod molekulasidagi bog‘ uzunligi 0,1 nm, xlor molekulasining bog‘ uzunligi esa 0,16 nm. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib vodorod xloriddagi bog’ uzunligini (nm) hisoblang.


A) 0,18 B) 0,26 C) 0,13 D) 0,2

51. 2,5 mol CO2 va 5 mol CO gazlar aralashmasida jami bog’larning necha foizini σ – bog‘lar tashkil qiladi?


A) 50 B) 40 C) 70 D) 60

52. 5 mol CO2 va 10 mol CO gazlar aralashmasida jami bog’larning necha foizini σ – bog’lar tashkil qiladi?


A) 70 B) 50 C) 40 D) 60

53. Qanday hajmdagi (1, n.sh.) fosgen gazi tarkibidagi barcha bog‘lar soni 4,9 g sulfat kislotadagi π – bog‘lar soniga teng?


A) 0,56 B) 2,24 C) 1,12 D) 3,36

54. Bittadan olingan HClOx va H2SOy molekulalari tarkibida π – bog‘lar soni teng. Qo‘sh bog‘lar soni oddiy bog‘lar sonidan 1,5 marta kam bo‘lsa, ulardagi umumiy bog‘lar sonini hisoblang.


A) 10 B) 14 C) 12 D) 16

55. Sulfat kislota molekulasidagi sp3 – orbitallarida nechta elektron harakatlanishi mumkin?


A) 14 B) 16 C) 12 D) 20

56. Nitrit kislota molekulasidagi sp2 – orbitallarida nechta elektron harakatlanishi mumkin?


A) 10 B) 6 C) 9 D) 3

57. Sulfit kislota molekulasidagi σ – bog‘larni hosil qilishda qatnashgan s, p, sp2 va sp3 – orbitallar sonini aniqlang.


A) 2, 0, 2, 7 B) 2, 4, 3, 12 C) 2, 4, 1, 7 D) 2, 0, 1, 7

58. ClOn ioni tarkibida 50 ta elektron bo‘lsa, undagi sp2 – orbitallar sonini aniqlang.


A) 3 B) 6 C) 0 D) 9

59. Quyida berilgan bog‘ uzunliklaridan foydalanib С – P bog‘ uzunligini (nm) hisoblang.


P – P = 0,22 nm; P – J = 0,243 nm; C – J = 0,21 nm.
A) 0,178 B) 0,187 C) 0,162 D) 0,126

60. C3Hx(OH) 2 molekulasida qutbli kovalent bog‘lar soni 8 ta bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang.


A) 3 B) 2 С) 1 D) 4

61. Quyidagi moddalarni ularning molekulasidagi σ – bog‘lar soni ortib borish tartibida joylashtiring. 1) temir (II) – gidrosulfat; 2) temir (III) – gidroksosulfat; 3) temir (III) – sulfat;


4) temir (II) – gidroksosulfat.
A) 3, 2, 1, 4 B) 4, 1, 2, 3 С) 3, 1, 4, 2 D) 2, 4, 1, 3

62. Quyida berilgan tartibda E – C bog‘ qutbliligi qanday o‘zgaradi? (sxemada elementlarning tartib raqamlari keltirilgan) 1 16 6 7 a) ortadi; b) kamayadi; c) o‘zgarmaydi.


A) 1–b; 2–a; 3–b B) 1–a; 2–b; 3–a C) 1–b; 2–c; 3–b D) 1–b; 2–c; 3–a

63. Mol nisbati 1:1 bo‘lgan KxXO4 va (NH4) 2CO3 aralashmasida kislorod atomlarining soni jami atomlar sonidan 3 marta kam bo‘lsa, KxXO4 molekulasidagi σ – bog‘lar sonini toping.


A) 5 B) 8 C) 7 D) 6

64. Mol nisbati 1:1 bo‘lgan NaClOx va (NH4) 2SO3 aralashmasida vodorod atomlari jami atomlarning 4/9 qismini tashkil etsa, NaClOx molekulasidagi π – bog‘lar sonini toping.


A) 0 B) 2 С) 1 D) 3

65. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib H – Cl bog‘ energiyasini (kJ/mol) toping.


2HBr + Cl2 → 2HCl + Br2; ∆H = – 90 kJ;
EBr – Br = 190 kJ/mol; ECl – Cl = 240 kJ/mol; ЕH – Br = 360 kJ/mol.
A) 410 B) 430 C) 420 D) 425

66. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib C ≡ C bog‘ energiyasini (kJ/mol) toping.


HC ≡ CH + 2H2 → H3C – CH3 ∆H = – 310 kJ;
EC – H = 410 kJ/mol; EH – H = 430 kJ/mol; ЕC – C = 340 kJ/mol.
A) 790 B) 810 C) 800 D) 820

67. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib H – Cl bog‘ energiyasini (kJ/mol) toping.


4HCl + O2 2Cl2 + 2H2O ∆H = – 110 kJ;
EO = O = 490 kJ/mol; ECl – Cl = 240 kJ/mol; ЕH – O = 460 kJ/mol.
A) 410 B) 430 C) 440 D) 420

68. Sulfat kislota, natriy dixromat va kalsiy formiat molekulalari tarkibidagi σ – bog‘lar yig‘indisini hisoblang.


A) 30 B) 26 C) 24 D) 32

69. Fosfit kislota, natriy pirofosfat va etilformiat tarkibidagi σ – bog‘lar yig‘indisini hisoblang.


A) 32 B) 26 C) 30 D) 28

70. Molekulalarni tarkibidagi π – va σ – bog’lar yig‘indisi ortib borishi tartibida joylashtiring.


1) oltingugurt (VI) – oksid; 2) metanal; 3) vodorod peroksid;
4) chumoli kislota; 5) gipoxlorit kislota.
A) 5, 2, 4, 3, 1 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 4, 2, 3, 5 D) 5, 3, 2, 4, 1

71. Molekulalardan tarkibida π – va σ – bog‘lar yig‘indisi 24 ga teng bo‘lganlarini tanlang.


1) aluminiy sulfat; 2) aluminiy karbonat; 3) 3–fenilpropanal; 4) kalsiy fosfat.
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3

72. Molekulalarni tarkibidagi π – va σ – bog‘lar yig‘indisi ortib borishi tartibida joylashtiring.


1) aluminiy gidroksosulfat; 2) aluminiy gidrokarbonat; 3) aluminiy sulfat;
4) aluminiy fosfat.
A) 4, 1, 2, 3 B) 2, 3, 1, 4 C) 2, 4, 3, 1 D) 4, 2, 1, 3

Download 2,32 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 2,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019

Download 2,32 Mb.