234
3
Mahsulot yetishtirish uchun qo‘yiladigan talablar.
4
Kuyonlarni sotib olishga ketgan xarajatlar
5
Go‘sht va mo‘yna ishlab chiqarish hajmi va narxi
6
Daromad hisobi
7
yem xashak xarajatlari
8
1ta kuyon uchun sarflanadigan ozuka ratsioni
9
Hodimlar ish xaqi hisobi
10 Dori darmon xarajatlari
11
Harajatlar hisobi
12 Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari
13 Xulosa va takliflar
* tayyorlanish muddati muayan vaziyatdan kelib chiqib belgilanadi.
II. LOYIHA TOPShIRIG‘INI BAJARISh BO‘YIChA TALABALARGA USLUBIY
KO‘RSATMALAR
1. Loyiha faoliyatini bosqichma-bosqich bajarish uchun yo‘riqnoma
1-bosqich. Tayyorgarlik
1.1. Loyiha faoliyati jarayonida yechimini
topish talab etiladigan muammo, maqsad va loyiha
natijalari, vazifalar hamda ishtirokchilarning loyiha faoliyati turlarini aniqlang.
1.2. Loyiha faoliyati jarayonida yechimini topish
talab etiladigan muammoni, loyiha maqsadi va
natijalarini, loyiha faoliyati ishtirokchilarining vazifalarini aniqlang.
1.3. Axborot manbalarini aniqlang.
2-bosqich. Loyiha faoliyatini rejalashtirish
2.1. Maqsadga erishish yo‘lini ishlab chiqing.
2.2. Ish rejasini tuzing:
•••• ishtirokchilar o‘rtasida loyihani ishlab chiqish bo‘yicha hamda uni rasmiylashtirish, taqdimot
va hisobotga tayyorlash bo‘yicha vazifalarni taqsimlang.
•••• bajarish vaqti va tayyor mahsul turini aniqlang.
Loyihani bajarish bo‘yicha ish rejasi
Ishtirokchilar
F.I.Sh.
Vazifa
Ish mazmuni
Tayyor mahsul turi
Bajarish
muddati
235
3-bosqich. Amalga oshirish
3.1. Olingan axborotni yig‘ing va uni matn, jadval, chizma hamda sharhlash ko‘rinishida
rasmiylashtiring.
3.2. Natijalarni ma'lumotli materiallar ko‘rinishida rasmiylashtiring (oxirgi mahsul).
3.3.
Hisobotni tayyorlash yo‘riqnomasi bo‘yicha hisobotni tayyorlang.
3.4. Loyihani Microsoft Power Point bo‘yicha
tayyorlash yo‘riqnomasidan foydalanib,
taqdimotga tayyorlang.
3.5. Loyiha taqdimotida guruh a'zolari o‘rtasidagi vazifalarni aniqlang. Og‘zaki taqdimotga
tayyorgarlik vaqtida uning
qoidalariga rioya qiling, og‘zaki taqdimot sirlarini esdan chiqarmang.
2. Loyiha ishi to‘g‘risida hisobotga tayyorgarlik bo‘yicha yo‘riqnoma
1. Siz taklif va tavsiya etayotgan loyihani tatbiq etishni isbotlovchi xulosalarni (1 betdan ko‘p
bo‘lmagan matn asosida) ifodalang.
2. Siz hal etmoqchi bo‘lgan muammoni (5-6 so‘z bilan) asoslang.
3. Loyihangizning maqsadi:
uning nima uchun yaratilishi, oxirgi mahsulni qanday bo‘lishi va u
kimga qaratilganligini (1-3 taklif orqali) ko‘rsating.
4. Loyiha vazifalarini (qisqa va bir ma'noli) ifodalang.
5. Loyihaning ish rejasi (jadval) ni bayon eting.
6. Vazifa yechimining natijalari va loyihada bajarilgan ishlarni ko‘rsating.
7. Siz taklif etgan loyiha mahsulini tatbiq etish imkonini tasdiqlovchi xulosalarni shakllantiring.
8. Bajarilgan ish bo‘yicha foydalanilgan manbalar ro‘yxatini tarkiblashtiring.
9. Baholang:
- loyiha sifatini;
- loyiha ustida ishlash jarayoni: ishning natijaviyligi, qiyinchiliklar va uni yengib o‘tish yo‘llari.
10. Ilovalarni tarkiblashtiring: loyiha ishtirokchilarining Anketalari va loyiha ishining ish
materiallarini kiriting (xohishingizga ko‘ra).