|
Loyiha doirasida o‘z yechimini topuvchi muammo Pdf ko'rish
|
bet | 162/230 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 4,03 Mb. | | #122991 |
Bog'liq 9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
Loyiha doirasida o‘z yechimini topuvchi muammo: Quyonchilikni rivojlantirish uchun
ishlab chiqarish va moliyaviy rejani tuzish.
O‘quv loyiha mavzulari:
1. Loyiha maqsadi
2. Rezyume
3. Investitsiyaviy reja
4. Marketing rejasi
5. Ishlab chiqarish rejasi
6. Tashkiliy reja
7. Moliyaviy reja
Loyiha maqsadi (u nima uchun yaratiladi): Fermer xo‘jaligida kuyonchilikni rivojlantirish.
Yakuniy natija: Quyonchilikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish va uni
amaliyotda qo‘llash.
Foydalanuvchilar: Fermer xo‘jaligining rahbari, loyiha tahlili fanini o‘rgatayotgan professor-
o‘qituvchilar, o‘rganayotgan talabalar.
Loyiha doirasi:
bajarish muddati: uch oy.
ishtirokchilar soni: beshtagacha.
Loyiha tuzilishi va mazmuni:
Kirishda ma'lumotli axborotning mohiyati va vazifasi ochib beriladi.
Loyiha mavzusini yoritib beruvchi axborot va chora-tadbirlar.
Foydalanilgan manbalar ro‘yxati.
Loyiha guruhi ishtirokchilarining vazifalari:
1. Axborot manbalarini aniqlash, uni yig‘ish.
2. Axborotni tanlash va tuzilmaga keltirish.
3. Ma'lumotnomani rasmiylashtirish.
4. Loyiha faoliyati natijalari to‘g‘risida og‘zaki axborot tayyorlash.
5. Hisobot tayyorlash.
Loyihaning tarkibi: Sizga taklif etilayotgan ushbu tarkibiy tuzilish loyihaning namunaviy
shaklidagi ko‘rinishi bo‘lib, uning shakllanishida har bir tanlangan yo‘nalish loyihani o‘ziga xos
xususiyatlarida o‘z aksini topmog‘i lozim.
Loyiha doirasi:
- bajarilishi muddati: semestr davomida (yakuniy nazoratdan oldin taqdimot kilinadi), loyiha
qismlari belgilangan grafik asosida;
ishtirokchilar soni: guruh talabalari individual tarzda yoki xamkorlikda ya'ni juftlikda amalga
oshirish mumkin.
|
| |