118
bir tomondan mavjud kapitalni o’stirish uchun, ikkinchi tomondan - qarzlarni qoplash uchun
foydalaniladi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan, kapital aylanmasini yanada tezlashtiruvchi va,
kreditga yangi funksiyalarni bergan holda, uning ahamiyatini yanada oshiruvchi kreditning yangi
shakllari paydo bo’lmoqda. Bunday shakllardan biri sifatida iste'mol krediti xizmat qiladi. Iste'mol
krediti tijorat (to’lovni kechiktirish imkonini bergan holda tovar sotish) va bank (iste'mol maqsadlariga
ssudalar berish) krediti shaklida bo’lishi mumkin. Iste'mol kreditining ob'ekti sifatida odatda uzoq
muddat iste'mol qilinadigan tovarlar (mebel, traktorlar, muzlatgichlar, avtomobillar va h.) va turli xil
xizmatlar e'tirof etilishi mumkin. Bunda banklar do’konlar tomoniga sotilgan tovar narxini to’liq
to’laydilar, iste'molchi esa bank ssudasini ma'lum muddat ichida qoplash majburiyatini oladi.
Shuni
ham ta'kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda, iste'mol krediti aholi turmush tarzining ajralmas qismiga
aylanib qolgan.
So’nggi vaqtda lizing katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Lizing - ishlab chiqarish uchun
mo’ljallangan mashina, uskuna, qurilma va inshootlarning uzoq muddatli ijarasidir. Lizing bo’yicha
qarz bir necha yil davomida ketma-ket to’lanib boriladi. Lizing o’z ustunliklariga ega bo’lib, ularning
asosiysi qimmat uskunani xarid qilish uchun katta mablag`ga ega bo’lish shart emas. Ushbu
bosqichdagi barcha xarajatlarni lizing kompaniyasi qoplaydi. Lizingni tor ma'nodagi bank operatsiyasi
deb aytib bo’lmaydi. U moliyalashtirishning bank shakliga juda yaqin bo’lib, savdo-sanoat korxonalari
tomonidan qo’shimcha operatsiya sifatida amalga oshirilishi mumkin. Ammo, birinchi navbatda, lizing
bilan maxsus tuzilgan lizing kompaniyalari shug`ullanadi.
Ob'ektni foydalanish uchun olganda lizing oluvchi mulkchilik huquqi bilan bog`liq
majburiyatlarni o’z bo’yniga oladi, ammo ob'ektning egasi bo’lib lizing beruvchi xizmat qiladi. Bunda
lizing ob'ektining yo’qolishi yoki undan foydalanish mumkin bo’lmay qolishi, lizing oluvchini qarzni
qoplash majburiyatidan ozod etmaydi. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, ijaradan farqli ravishda,
lizing oluvchi ob'ektdan foydalanish uchun oylik to’lov to’lamasdan, balki amortizatsion
ajratmalarning to’liq summasini to’laydi.
So’nggi vaqtda ipoteka krediti keng tarqalmoqda. Ipoteka krediti - bu ko’chmas mulk kafolat
ta'minotiga beriladigan uzoq muddatli ssudalardir.
Hozirgi kunda butun iqtisodiy tizimning normal faoliyat yuritishi uchun davlat va xalqaro
kreditlar katta ahamiyatga ega. Davlat krediti deb, davlat, mahalliy hokimiyat
organlari fuqarolar va
yuridik shaxslarga nisbatan qarz oluvchi yoki kreditor rolini o’ynaydigan kredit munosabatlarining
yig`indisiga aytiladi.
Davlat krediti sohasida markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlari, odatda, byudjet
defitsitini qoplash uchun pul mablag`larini jalb qilgan holda, qarz oluvchi rolini o’ynaydilar. Pul
mablag`larini jalb qilishning asosiy shakli sifatida davlat obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli
qog`ozlarini chiqarish xizmat qiladi. Obligatsiyani sotib olgan, bo’sh pul mablag`iga
ega shaxslar,
davlat kreditorlari bo’lib sanaladilar. Bank kreditidan farqli ravishda, kreditor bo’lib faqatgina banklar
emas, balki sug`urta kompaniyalari, korxonalar va hattoki xususiy shaxslar ham bo’lishi mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, rivojlangan mamlakatlardagi sug`urta kompaniyalari operatsiyalarining
yarmini, qimmatli qog`ozlarni sotib olish tashkil etadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, davlat krediti
xususiydan pul mablag`larini taqdim etish shakli va shartnoma ishtirokchilari bilan farq qiladi.
Qaytarish, muddatlilik va foizlarni to’lash shartlarida valyuta va tovar resurslarini taqdim etish
bilan bog`liq bo’lgan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi kapital harakati, xalqaro kredit deb
aytiladi. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida banklar, korxonalar,
davlatlar, xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlar xizmat qilishi mumkin.
Xalqaro kredit shakllarini, kredit munosabatlarining ayrim tomonlarini tavsiflovchi, asosiy
belgilar bo’yicha turkumlashtirish mumkin.
Muddat bo’yicha xalqaro kreditlar qisqa muddatli - 1 yilgacha, o’rta muddatli - 1 yildan 5
yilgacha va uzoq muddatli - 5 yildan yuqori, kreditlarga bo’linadi.
Maqsadi bo’yicha xalqaro kredit quyidagilarga ajratiladi tashqi savdo va xizmat ko’rsatish bilan
bog`liq tijorat krediti; boshqa maqsadlar, shu jumladan qarzlarni qoplash, investitsiyalar va qimmatli
119
qog`ozlarni sotib olishda foydalaniladigan moliyaviy kredit; kapital, tovar va xizmatlarni chiqarishning
aralash shakllari uchun mo’ljallangan oraliq kreditlar.
Xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- maksimal foydaga erishish uchun, qayta ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonini ta'minlash
maqsadida mamlakatlar o’rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlash;
- naqdsiz to’lovlar rivojlanishi natijasida xalqaro hisob-kitoblar sohasidagi muomala xarajatlarini
tejash;
- kapital mujassamlanishi va markazlashuvini tezlashtirish.
Shuningdek,
xalqaro kredit, individual jamg`arish chegaralarini ochgan holda, yangi firmalarni
tashkil etishga ko’maklashadi. Umumlashtirgan holda aytganda, xalqaro kredit, kreditning boshqa
shakllari bajargan funksiyalarni xalqaro miqyosda amalga oshiradi.