135
Yangi jalb etilayotgan kapital qiymati. Agar korxona uchun shaxsiy kapital etarli bo‘lmasa, u
tashqi manbalardan o‘zining qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hisobiga kapitalni jalb qilishi mumkin.
Faqat shuni nazarda tutish kerakki, emissiya loyihasining daromadlilik darajasi mavjud kapitalga
qaraganda ancha yuqori bo‘lishi kerak.
Investitsiya loyihasini ishlab chiqishda tashqi yoki ichki moliya manbalarining qaysi biridan
foydalanishi korxona uchun ratsional bo‘lishini hisobga olish lozim. Shaxsiy kapitalni o‘stirish
manbalari sifatida aksiyalar, qarz majburiyatlari, konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar bo‘lishi
mumkin. Tashqi qarz kapitalni jalb etish manbalaridan foydalanilganda aksioner kapitalni kengaytirish
zayomlar, obligatsiyalarni chiqarishi mumkin.