134
oluvchiga beradigan mablag‘larni xuddi shu foyda bilan birga qaytarishi uchun qoldirishga rozi
bo‘ladigan mablag‘dan iborat bo‘ladi.
Jahon amaliyotida investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan
kapital qiymatini
baholashda kapitalning
o‘rtacha tortiladigan hamda
marjinal qiymatlaridan foydalaniladi.
Moliyalashtirishda amalda bir qancha resurslar manbalari qatnashishi munosabati bilan
investitsiya kapitali (moliya resurslari) qiymati o‘rta hisobdagi rentabellik darajasini ta`minlash
zarurati ta`sirida shakllanadi.
Shunday qilib,
investitsiya kapitali qiymatini baholash joriy qiymatni diskontlash usulini
qo‘llashga asoslanadi, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan
foydalaniladi hamda asosan,
qimmatli qog‘ozlar bozori orqali pul resurslarini jalb qilishga
qaratiladi. Investitsiya resurslari qiymatini baholash bilan investitsiyalash sub`ektlarining investitsiya
imkoniyatlari aniqlanadi va ularning o‘zgarishlari, qonuniyatlari topiladi.
Investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
1.
Statistik usullar. Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to‘liq darajada hisobga
olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud:
-
xarajatlarni taqqoslash;
-
foydani taqqoslash;
-
rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog‘liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning
qoplanish usuli).
2.
Dinamik usullar. Bu usullarda to‘lovlar va tushumlarning vaqt bilan bog‘liqligi hisobga
olinadi.
1.